Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar  
1. Sifat darajalari deganda nimani tushunasiz?
2. Sifatning qanday darajalarini bilasiz? 
3. Uchta sifat topib, uni turli daraja shakllarida keltiring. Ma’no farqini 
tushuntiring. 
249-mashq. Sifatlarni toping. Ularning uslubiy xossalarini aniqlang.
ODAMNI BILISH
Ko‘z ravshan bo‘lsa, qalbning oqligi, xush-xurramlik belgisidir.
Ko‘z kichik bo‘lsa, ojizlik va g‘am-anduhga botganlik belgisidir.
Ko‘z yirik bo‘lsa, ablah va nodonlikdan dalolatdir. 
Ko‘z harakatsiz, xira bo‘lsa ham ablahlikning dalilidir.
Ko‘z kichik va xira bo‘lsa, ochko‘z va molparast bo‘ladi.
Ko‘z tim qora bo‘lsa, badgumon va qo‘rqoqlikdan belgidir.
Ko‘z moviy bo‘lsa, besharm, bevafo, e’tiqodi va imon sustligi 
dalilidir. 
Ko‘z yoshlanmaydigan (va benur) bo‘lsa, unday kishi odamlar 
qonini to‘kishga shay bo‘ladi.
Agar ko‘k, qora yo shahlo ko‘zda qora nuqtalar va feruzarang 
qo‘shilgan bo‘lsa, u kishining ichi qora, o‘zi shahvatga o‘chdir. 
Kimning ko‘zi g‘oyat yaxshi ko‘rsa, uning achchig‘i tez chiqadir.
Kimki kulganda ko‘zida yosh yiltillasa, u yaxshi xulq-atvor egasidir.


Kimki ko‘zini tez-tez yumib ochsa, u sodiq do‘st va yomon ishlardan 
xoli kishidir. 
250-mashq. — roq orqali shakllangan sifatlarda boshqa vositalar, ya’ni 
— dan, qaraganda, ko‘ra, nisbatan kabilar ham ishtirok etishiga misollar 
yozing. 
251-mashq. — iy, — viy sifat yasovchi qo‘shimchalar yordamida 
so‘zlar yasang va ularning o‘zagini toping. 
Namuna: ilmiy, ruhiy, ma’naviy, badiiy, Fuzuliy, lug‘aviy, hajviy, 
jismoniy, dunyoviy, nasriy, aqliy, kimyoviy, Nizomiy, axloqiy, samoviy, 
Nasimiy, lisoniy, fazoviy, mafkuraviy, ashyoviy... 
 252-mashq. Ranglar xarakteringizni belgilaydi. O‘rtoqlaringizning 
qaysi rangni yoqtirishiga qarab turib xarakterini aniqlang. 
QIZIL RANG — Harakatchan, irodali, o‘ziga ishonuvchan. Oilada 
qattiqqo‘l, talabchan. 
OLOVRANG — Ko‘ngli ochiq, ulfatchilikni yoqtiradigan, jozibador. 
SARIQ RANG — Bilimli, maqsad sari intiluvchan, hayotga muhabbat 
bilan qarovchi. 
HAVORANG — Aqlli, ehtiyotkor, ko‘nglidagi gapni ochiq 
aytavermaydigan, xushomaddan yiroq. 
OQ RANG — Xayolparast, yolg‘izlikni yoqtiradigan, qalbi pok. 
KULRANG — Og‘ir-bosiq, o‘y-fikr bilan ish ko‘radigan. 
QORA RANG — Faqat o‘zini o‘ylovchi, xudbin, boshqalarning 
yutuqlarini ko‘ra olmaydigan, ichi qora. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling