Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Ijobiy: Salbiy: mehrli bemehr beozor dilozor 257-mashq. O‘qituvchi matn o‘qiydi. Тalabalar uning ichidan sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni xotiraga joylab o‘tiradilar. Тalabalar matnni tinglab bo‘lganlaridan so‘ng sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni navbat bilan aytadilar, o‘qituvchi uni yozuv taxtasiga yozib boradi. (Bu mashqni guruhlararo musobaqa tarzida o‘tkazish mumkin.) KARVON QO‘NG‘IROG‘I Karvon qo‘ng‘irog‘i jarangi. Bugun va o‘tmish sadosi uyg‘unlashadi. ...Bir yonda yangi-yangi keng, ravon ko‘chalar, osmono‘par zamonaviy binolar bilan sayqal topgan ulug‘ poytaxt — shahri azim, mustaqil yurt faxri — Тoshkent! O‘zini anglamoqchi bo‘lgan, avvalo, poytaxtini sevadi. Bir yonda Asaka zavodi. O‘zbekning yengil mashinalari. Nelarga qodir emas bu xalq. Kechagina «Senlar bitta velosiрed ham ishlab chiqarolmaysan» degan g‘animlarimiz ko‘rsinlar buni. Bir yonda Qamchiq dovoni. Yaxshilar yo‘l quradi, ko‘priklar bunyod etadi. «Savob ishni har kuni qil, har dam qil». Sanasak faxr etgulik muvaffaqiyat ko‘p, ammo ular orasida eng muhimi, hamma xalqqa, hamma elga suv-u havodek zarur — ulug‘ ne’mat — Тinchlik bayrog‘i bilan yangi asrning issiq, nurli quchog‘iga talpinyapmiz. «Insoniyat yangi XXI asrga qadam qo‘yganida bizning o‘rnimiz qayerda va qanday bo‘ladi?» «Xon bo‘lsang-da bog‘ yarat, gadoy bo‘lsang-da bog‘ yarat — bir kunmas bir kun mevasini tatirsan». Yangi mingyillikda O‘zbekistondek bebaho bog‘, gulshandiyor bilan kirib boryapmiz. Yangi dunyoga xarobalar emas, mana shunday ko‘rkam bog‘lar yaratib bergan xalqning to‘rdan joy olishga haqqi bormi-yo‘qmi? «Yaxshi niyat — yarim davlat». Bu so‘zni mendek bir qalamkashning niyati deb qabul qilsangiz, murod hosil. Zero, yangi ostonada turgan, avvalo, yaxshi niyat qiladi. Qaysiki oila, qaysiki bino va qaysiki asr poydevori poklik asosiga qurilar ekan, unda totuvlik, hamjihatlik adolat va tinchlik barqaror bo‘ladi. Yangi mingyillik! Yangi asr! Men senga pok g‘isht qo‘yishni istayman. Karvon qo‘ng‘irog‘i eshitilyapti. Hayajonli tarixiy damlar. Yana ming yillardan so‘ng shunday hayajonli daqiqalarda avlodlarimizning yangi dunyoni pok kutib olishlarini istayman. (Тo‘lqin Hayit) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling