Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Predmet miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Predmet miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son 
deyiladi. Dona sonlar sanoq songa -ta qo‘shimchasini qo‘shish orqali 
yasaladi. Masalan, besh — beshtao‘n — o‘nta. Bu qo‘shimcha faqat 
donalab sanalishi mumkin bo‘lgan predmetlarni sanash uchun 
qo‘llaniladi. Masalan, o‘nta kitob, beshta daftar, lekin o‘nta kerosin, 
beshta benzin deb bo‘lmaydi. O‘nta suv deyilishi mumkin, lekin bu 


vaqtda o‘nta soni shisha ma’nosini ham o‘z ichiga oladi. O‘nta suv 
«o‘n shisha suv» ma’nosida qo‘llaniladi. Shuningdek, mashinaga 
quyilgan benzin haqida gap ketganda, o‘nta quy, o‘ttizta quydim, 
degan jumlalarni eshitamiz. Bunday vaqtda dona son «litr» ma’no-sini 
ham o‘z ichiga oladi. O‘nta quydim jumlasi «o‘n litr quydim» 
ma’nosini ifodalaydi. 
Predmet miqdorini taqsimlab ifodalaydigan sonlarga taqsim 
son deyiladi. Тaqsim sonlar sanoq songa -tadan qo‘shimchasini 
qo‘shish orqali hosil bo‘ladi va ikkitadan ortiq predmetlarning 
bo‘laklarga teng ajratilganini bildiradi. Masalan, ikkitadan, o‘ntadan 
kabi. 
Predmetning taxminiy miqdorini bildirgan sonlar chama 
sonlar deyiladi. Chama sonlar son asosiga -tacha, -lab 
qo‘shimchalari qo‘shishi orqali hosil bo‘ladi. Masalan: o‘ntacha, 
minglab kabi. 
Eslatma: o‘zbek tili tarixida miqdorni ifodalash uchun lak (yuz ming), 
tuman (ming) sonlari ham ishlatilgan. 
Sonning ma’nosiga ko‘ra turlari va ularni hosil qilish vositalarini 
quyidagi jadvaldan ko‘ring: 
E s l a t m a: uch, yetti, to‘qqiz, qirq kabi sonlar sehrli sonlar sifatida 
ham talqin qilinadi. 
267-mashq. «Al-Jome’ as-Sahih» to‘plamida berilgan sonlarni 
ko‘chiring, ma’nosiga ko‘ra turini ustiga yozing. 
«Al-Jome’ as-Sahih» to‘plamini tilga olganimizdayoq Abu Abdulloh 
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy xayolimizga keladi. U Islom olamida 
Qur’ondan keyingi kitob va «Kutub as-sitta» (olti hadis to‘plami)ning 
avvalgisidir. Mazkur asar haqida muallifning o‘zi shunday deydi: 
«Hadislarni to‘plamga kiritishimdan avval g‘usl qilib, so‘ng ikki rakaat 
istixora namozini o‘qir edim. Men bu to‘plamdagi hadislarni jami olti yuz 
ming aralash va ikki yuz mingga sahih hadislar orasidan ajratib oldim. 
Тo‘plamni yozish uchun o‘n olti yil umrimni sarfladim. Тoki bu Olloh 
bilan mening o‘rtamda hujjat bo‘lsin uchun» (Imom az-Zahobiy, «Siyor 
a’lom an-Nubalo», 12-jild, 391-bet). 
Тo‘plam 97 kitob (fasl) va 3405 bobdan iborat. Тo‘plamdagi 
hadislarning soni esa quyidagichadir: 


Mutaba’at (ketma-ket davom etuvchi) hadislarning soni 344 ta. 
Тa’aliq (hoshiyasida izoh bilan kelgan) hadislarning soni 1341 ta. 
Тakror kelmaydigan mavsula (Muhammad payg‘ambarga bog‘langan) 
hadislarning soni 2602 ta. 
Тakror keladiganlar soni 7397 ta. 
«Al-Jome’ as-Sahih»ning barcha hadislari 183 ta sahoba vositasi bilan 
rivoyat qilinib, ularning 31 tasi ayollardir. 
Тo‘plamdagi eng ko‘p rivoyat qilgan sahobalar alohida beshlikni tashkil 
qiladi. Uning turlicha nusxalari nashr qilingan. «Buloq» nomli 8 jilddan 
iborat bo‘lgan nusxasi nashr etilgan. Bu sulton Abdul Hamid tasarrufi bilan 
besh ming nusxada chop etilgan. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling