Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Olmosh deganda qanday so‘z turkumini tushunasiz? 
2. Ot, sifat, son, ravish, fe’llarning har biri o‘rnida almashib kelgan 
olmoshlarga misollar keltiring. 
3. Yordamchi so‘zlar va gap o‘rnida qo‘llangan olmoshlarga misollar 
keltiring.
4. Olmoshlarning ma’no turlarini ayting. 


280-mashq. Gaplarni o‘qib, olmoshlarni aniqlang va ularning ishlatilish 
o‘rinlariga diqqat qiling. 
1. Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog‘inch va orziqishlarda yashaymiz, 
mo‘tabar tuprog‘imizning har bir qarich yerini, har bir giyohini ko‘zimizga 
surtamiz. 2. Siz Sherali Jo‘rayev bugun Тoshkentda ijro etgan yangi 
qo‘shiqning ikki kundan keyin Тermiz shahridagi ovoz yozish nuqtalarida 
yangrayotganiga ajablanmaysiz, chunki bilasiz: yaxshi qo‘shiq ham 
xushxabardek tez tarqaladi. (S. Sayyid) 3. Gaplaringizdan juda shodman, 
lekin mana bu cho‘pon hamma gapdan, hatto mendan, mening hayotimdan 
ham xabardor bo‘lgan Qo‘ychibor aka kim bo‘ldi? 4. Bu bir hikoyat va yo 
rivoyatdir, balkim tiriklik quyidagi aytilgan qo‘shiqdir. 5. U ba’zan tojikcha 
lahjada gapirardi, ba’zan o‘zbekcha qochirimlar qilardi. (Sh. Jo‘rayev) 6. 
Odamlar g‘urur, chegarasiz manmansirash tufayli ne-ne kulfatlarga duchor 
bo‘lmagan deysiz, shuning uchun ham Islom tafakkurining buyuk natijasi 
hisoblangan so‘fizmda inson o‘z «men»idan kechmay turib Ollohni 
tanimaydi, degan aqida bor edi. 7. Inson sirliligicha qolaveradi, ammo 
odamzod bir-birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon 
bo‘lmaydi. (S. Mo‘min
 
281-mashq. Qatralarni o‘qing, ularda ishlatilgan olmoshlarning uslubiy 
xossalarini aniqlang. 
Bir donishmanddan so‘rashibdi:
— Eng yomon illat nima? 
Noshukurlik, — debdi u, — noshukurlikning bexosiyat tomoni 
shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jamiyki narsadan lazzatlanish, 
bahramand bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi.
* * * 
Gohida har bir kunning qurboni bo‘lging keladi,
Gohida har bir kunni kaltaklab urging keladi.
* * * 
Ba’zan yomon odamlar kasriga uchrab
Yaxshilardan ajrab qolishingga oz qoladi. 
* * * 


Bekatdan chiqqan bir yo‘lovchi o‘rnini topib bahuzur joylashib olgach, 
so‘radi:
— Bu avtobus, qayoqqa borarkin? 
* * * 
U kim bilan suhbatdosh bo‘lmasin g‘iybatdan boshlaydi gapni. 
— Katta og‘iz Malikaxonning kiygan ko‘ylagini ko‘rdingizmi, hech bir 
maqtanadigan joyi yo‘q. 
— Qo‘ying, — dedim men darhol to‘xtatib. — Birovning orqasidan 
gapirguncha oldiga borib ayting! 
— Iye, esimni yebmanmi. Keyin ko‘ziga yomon ko‘rinib-a? 
* * * 
Bir dugonam g‘alati jilmayib mendan kechirim so‘radi: 
— Xafa bo‘ldingmi boyagi gapimga. Yaxshi gap-ku. Qarshimizdan 
boshqa tanish qiz chiqib qoldi. Dugonam meni unutib, endi unga murojaat 
qila boshladi: 
— Ey, Mavjuda, boya sizni «iрay oyim» deganimga xafa bo‘ldingizmi? 
Qiz qo‘lini siltagancha hech narsa demasdan jo‘nab qoldi. 
Dugonam yo‘lakda uchragan uchinchi qizga gap qistirdi: 
— Hov, ilmiliq, qayoqqa?
Dugonam endi bu qizdan ham kechirim so‘rashi kerak. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling