Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Тayanch tushunchalar
o‘lchov so‘zlari, og‘irlik o‘lchovlari, uzunlik o‘lchovlari, donalik o‘lchovlari, maydon o‘lchovlari, hisob so‘zlar. 26.2. SONLARNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI Dars maqsadi: sonlarning uslubiy xususiyatlarini tushuntirish orqali talabalarning nutqiy malakasini oshirish. R e j a: * Sonlarning miqdor bildiruvchi boshqa so‘zlar- dan farqi. * Sonlarga qo‘shimchalarning qo‘shilishi. 1-topshiriq. Ko‘p so‘zi bilan o‘nta so‘zini birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llang. 2-topshiriq. -ov, -ala qo‘shimchalarini o‘nlik sonlarga qo‘shing. Bir soniga -ov qo‘shimchasini qo‘shganingizda qanday ma’no ifodalaganini ayting. Sonlar predmetlarning aniq miqdoriy belgilarini bildiradi. Ana shu xususiyati bilan miqdor bildiruvchi so‘zlardan farq qiladi. Solishtiring: Magazindan kitob oldim. (Miqdori bittami, undan ortiqmi, noma’lum.) Magazindan ko‘p kitob oldim. (Miqdori bittadan ortiq, lekin nechtaligi noma’lum.) Magazindan o‘nta kitob oldim. (Miqdorning nechtaligi aniq.) Birdan boshqa sonlarning barchasi predmet bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib, uning bittadan ortiqligini, ko‘pligini ifodalaganligi uchun son bilan birga kelgan otlar ko‘plik shaklini olmaydi. Masalan, olma — olmalar. Lekin ikkita olma, o‘nta olmani, ikkita olmalar, o‘nta olmalar deb bo‘lmaydi. Bu o‘zbek adabiy tili uchun me’yorning buzilishi bo‘ladi. Sonlarga -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilib jamlik ma’nosi anglashiladi. Bu qo‘shimchalar jamlik ma’nosini ifodalar ekan, demak, ular bir sonidan boshqa sonlarga qo‘shiladi. Masalan, ikkovimiz deyish mumkin, lekin biralamiz deyilmaydi. -ov bir soniga qo‘shilib jamlikni emas, balki gumon-taxmin ma’nosini bildiradi va olmosh so‘z turkumiga o‘tadi: Birov (kimdir) keldi. -ov, -ala qo‘shimchalari ikki sonidan yigirma sonigacha qo‘shiladi, lekin yigirma soni bu qo‘shimchalar bilan qo‘llanilmaydi. O‘n — o‘novi deyish mumkin, biroq yigirma — yigirmovi — yigirmalasi deyilmaydi. Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, sonlar tuzilishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1. Sodda sonlar; 2. Qo‘shma sonlar. Faqat bir tarkibdan (bitta sondan) tashkil topgan sonlar sodda sonlar deyiladi. Masalan, ikki, uch, o‘n, yigirma va boshqalar. Ikki va undan ortiq tarkibdan (sondan) tashkil topgan sonlar qo‘shma sonlar deyiladi. Masalan, o‘n ikki, bir yuz yigirma, bir million, ikki ming uch yuz o‘n. Hozirgi o‘zbek tilida qo‘shma son tarkibiy qismlarining qat’iy joylashish o‘rni bor: yuzgacha bo‘lgan sonlardan oldin katta son, undan so‘ng kichik son keladi. Masalan, o‘n bir, o‘ttiz besh kabi. Yuzlikdan keyingi sonlarda birlik va o‘nlik sonlar ulardan oldin kelishi ham, keyin kelishi ham mumkin. Birlik va o‘nlik sonlar yuzlik, minglik sonlarning qayerida kelishiga ko‘ra ma’no juda kuchli farqlanadi: Birlik va o‘nlik sonlar, yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning oldida kelgan son qancha bo‘lsa yuzlik va undan ortiq sonlar shuncha barobar ortiq ekanligi anglashiladi. Masalan, ikki yuz degani ikkita yuz deganidir. Aksincha, birlik va o‘nlik sonlar yuzlik hamda undan ortiq sonlardan keyin kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlarning birlik o‘nlik sonlar bilan ortganligini bildiradi. Masalan, ikki yuz uch degani ikkita yuz-u va unga uchning qo‘shiluv deganidir. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling