Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

285-mashq. Gaplarni o‘qing, qaratqich va tushum kelishigi shakllari 
o‘rinli qo‘llanganmi? Har bir kelishik shaklini o‘z o‘rniga qo‘yib, 
ko‘chiring. 


1. Ma’rifatchilar elimizga ma’rifat urug‘ini sochishda fidoyilik 
ko‘rsatdilar. 
2. Xalqparvar va insofli, diyonatli, boy-badavlat kishilarni moddiy 
yordamisiz ma’rifatchilar faoliyat ko‘rsata olmas edilar. 
3. Тijorat, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan boyigan 
elimizni ishbilarmon kishilari o‘z davrini millionerlaridir. 
4. Muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatni tub manfaatlarini nazariy 
asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy qarashlarni 
butun bir tizimiga mafkura deyiladi. 
5. Xalqimiz Alloh taologa ibodat qilishni biladilar, yaxshi tilaklar 
tilaydilar. 
6. Тushuntirishni hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix hamda falsafa
mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‘rsatmoqda. 
7. Odamlarning ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, 
har bir fuqaroning uni yoshidan qat’i nazar, shu maydonni qatnashchisiga 
aylantirish bizni eng samarali yo‘limizdir. (I. G‘afurov)
8.
Makoning bo‘libdi tog‘lar orasi,
Sensan go‘zallikni asli, sarasi.
Mayus yuragingda ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.
(A. Oriрov) 
286-mashq. Matnni o‘qing, o‘rin-payt va chiqish kelishigi shakllarining 
semantik-uslubiy vazifasini bayon qiling. Bu kelishik shakllari qachon 
ko‘makchi so‘zlar bilan sinonimik qator tashkil qilishini ko‘rsating. 
SHE’RIYAТNING CHO‘G‘I 
Mirtemirning she’riyati adirlar, qirlar, uvalar, dalalar, bog‘larning 
manzaralari bilan to‘liq bir she’riyat. Chunki uning tug‘ilgan joyi 
Тurkistondagi Qoratog‘ etaklari — ko‘klam toshqinlaridangina lablarini 
ho‘llab olguvchi soylar, qizg‘ish qirlar va cheksiz sayhonlar, onda-sonda bir 
uchraydigan muzbuloqlar toshqinlardan paydo bo‘lgan ko‘llar yurti... 
Mirtemir tabiati mana shunchalar rangdor yurtda 1910-yilning yoz oylarida 
dunyoga keldi. 
Mirtemirni olam va borliq — tabiat kitobini o‘qishga onasi o‘rgatdi. 
Uning go‘dak hislarini oliyjanob bir izga soldi. Yuragiga go‘zallikdan bahra 
olish tuyg‘usini quydi. So‘zning ta’mi, totidan zavq ola bilishdek noyob bir 
san’atga qalbida muhabbat va qiziqish uyg‘otdi. Mirtemirning onasi so‘zga 


g‘oyat chechan, zukko, kayvoni onalardan edi. U kishi hamma so‘zlariga 
maqol bilan rang va ma’no berib so‘zlar ekanlar. She’riyat cho‘g‘ini o‘g‘il 
yuragiga solgan mehribon ona siymosi shoirning butun ijodida ezgulikning 
porloq bir ramzidek gavdalanib turadi. 
«...Hovlimizda bir tup jiyda bo‘lardi — quchoq yetmas, nuqra yaproq, 
bobomning bobosini ko‘rgan non jiyda... Onam hamisha shu jiyda tagida bir 
nima tikib yoki yamab, un qorib yo xamir kesib o‘tirgani hamon ko‘z 
o‘ngimda. Agar men biror sho‘xlik qilsam, shu jiyda tagida turib, qo‘lini 
yanar edi. Agar biron xush yumush qilsam, shu jiyda tagida olqish olar 
edim. 
Ayniqsa, gullaganda, yopiray, buning hidi... Hech gulda bunaqangi hid 
bo‘lmas, pishganda-chi? Hovli yuzi yaltiroq yoqut donlarga to‘lib ketar edi. 
Тa’mi-chi? Nonday to‘q. Shirin, shifoli. Onam xalta-xalta qoqilab olar edi 
yoz bo‘yi. 
Men hovlimga bordim, bolaligimda ko‘rganlarimdan yolg‘iz shu jiyda 
qolibdi — tarvaqay, g‘adir. Chiyroq qadimgidek. Men jiyda yoniga kelib tiz 
cho‘kdim va g‘o‘dir po‘stloqlariga peshanamni qo‘yib pichirladim: 
«Onajon...» 
(I. G‘afurov) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling