Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Savol va topshiriqlar 
1. Kelishik qo‘shimchalari deganda nimani tushunasiz?
2. Kelishik qo‘shimchalari uyasi deganda nimani tushunasiz? 
3. Qaysi kelishik o‘zaro almashinishi mumkin va bu almashinuv 
ma’noga qanday ta’sir etadi?
283-mashq. Ko‘chiring, belgili va belgisiz qaratqich shaklli so‘zlarni 
aniqlang. Ularning ma’no va uslubiy vazifasini bayon qiling. 
1. «Boburnoma» personajlar tavsifi, ularning shakl-shamoyilini 
ta’riflashdan boshlanadi.
2. Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini.
3. Dangasaning vaji ko‘p. 
4. Bu gaplarning barisini Hafiza xomush va oqilona tinglab, Umidning 
hamma fikrlariga qo‘shilishini bosh qimirlatib bildirardi. (Mirmuhsin
5. Bolalarimiz urush davrining azob-uqubatlarini, o‘kinch-alamlarini 
ko‘rmaganligi bizning baxtimizdir. 


6. Prezidentimiz: «Har qanday inson uchun eng katta boylik bu uning 
o‘z tilidir. Navoiy ijodi o‘zbeklar uchun katta boylik», degan edi. 
Darhaqiqat, Navoiyni tushunish uchun millat tilining barcha shevalaridan 
xabardor bo‘lmoq lozim. (Gazetadan)
7. Boyagi yigitning, Avazning, qo‘li gul ekan. (P. Qodirov) 
8. Hayotim lazzati, qalbim qo‘risan, Vatanim! 
9. Noming qalbim so‘rog‘indadur, jamoling ko‘z qarog‘imdadur. (O‘. 
Jamol) 
10. Bir lahza jimlikdan keyin allaqayerdan qo‘ylarning, sigirlarning 
ma’rashi, ho‘kizlarning o‘kirishi eshitildi. 
11. Saidiy o‘zining ish bo‘lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga 
o‘tirdi-da, stol ustidagi kitobni oldi. (A. Qahhor
284-mashq. O‘qing. Тushum kelishigidagi so‘zlarni aniqlang. Тushum 
kelishigi shaklining belgili va belgisiz ishlatish sabablarini ayting. Тushum 
va chiqish kelishigi shakllarining sinonimiyasidagi uslubiy bo‘yoqni 
tushuntiring. 
1. Onam har gal xokandozni bo‘shatganida qop-qora chang ko‘tariladi. 
2. Ukamni siltab ko‘rpachaga o‘tqazdi-yu, ikki kafti bilan yuzini 
to‘sgancha o‘kirib yubordi. 
3. Uning bunaqangi bor ovoz bilan kulganini hech qachon eshitgan 
emasdim. 
4. Тolda chumchuq ko‘rdim. Sherzod har safar hind kuylarini eshitganda 
rohat qilardi. 
5. U g‘ashi kelib yuz o‘girdi-da, deraza oldiga borib, o‘y surdi. 
6. U erkin muhabbat degan gapni noto‘g‘ri tushunayotgan, sevgidek 
tabarruk hisni oyoq osti qilayotgan odamlar to‘g‘risida yozishni ko‘pdan 
buyon izlar edi. (O‘. Hoshimov
7. Agar men ul allomayi davronni o‘z gulshanimda ko‘rmoq 
istaganimda, yetti qavat yerning ostidan bo‘lsa ham toptirib keltirar edim. 
8. Abdulvafo Sariq bu og‘ir o‘ylardan charchab boshini yostiqqa qo‘ydi, 
qo‘ygan zahoti pinakka ketgan ekan, bir mahal allaqanday shov-shuv 
eshitib, ko‘zini ochdi. (O. Yoqubov

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling