Тopshiriq. «Mingta siz-bizdan bitta jiz-biz yaxshi», «Sen ham, siz
ham bir og‘izdan chiqadi» maqollarining
tarkibida kelayotgan
olmoshlarning uslubiy xossalarini izohlang. Siz ham olmoshlar
ishtirokida gaplar tuzing.
Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot (Kat) shahrida tug‘ilgan.
Uning ismi Muhammad, otasining ismi esa Ahmaddir. Bu gapda Beruniy
atoqli oti o‘rnida Uning so‘zi
almashib, atoqli ot ifodalagan ma’noni
anglatadi. Yoki: «
Yaxshilik qo‘lingdan kelmasa, yomonlik qilma. Bu hech
qachon yodingdan chiqmasin». Mazkur gapda esa bu so‘zi
oldingi butun
gap o‘rnida almashib kelyapti.
Barcha mustaqil so‘z turkumlari va hatto yordamchi so‘zlar
hamda gap o‘rnida almashinib kelgan so‘zlarga olmosh deyiladi.
Olmoshlar ot, sifat, son, ravish, fe’l o‘rnida va ba’zan yordamchi so‘z,
gap o‘rnida almashinib keladi. Masalan,
Gul ochildi. Uning ochilishi
kishilarga rohat bag‘ishladi. Gullarning ko‘pi pushti rangda. Ana shu rang
menga juda yoqadi. Karim gullarni uza boshladi. Bu esa bog‘bonning
jahlini chiqardi.
Va bog‘lovchisi o‘zaro teng ma’noli gaplarni bog‘laydi. Bu
teng bog‘lovchilar sirasiga kiradi.
Bu gaplarning birinchisida gul (ot)
o‘rnida u, ikkinchisida
pushti (sifat) o‘rnida ana shu,
uchinchi gapda uza
boshladi (fe’l) o‘rnida bu so‘zlari, to‘rtinchi gapda
va bog‘lovchi o‘rnida
bu
olmoshi almashinib kelyapti.
Olmoshlar bevosita atash ma’nosiga ega bo‘lmaganligi uchun
«ichi
bo‘sh so‘zlar» deb ham yuritiladi.
Olmoshlar qanday so‘zlarning o‘rnida almashinib kelishi va qanday
ma’noni ifodalashiga ko‘ra bir necha ma’no turlariga bo‘linadi. Buni
quyidagi jadvalda ko‘ring:
Do'stlaringiz bilan baham: