Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Тayanch tushunchalar 
kelishik, bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, o‘rin-payt 
kelishigi, jo‘nalish kelishigi, chiqish kelishigi.


28.2. EGALIK SHAKLLARINING USLUBIY
XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: egalik shakllari yuzasidan talabalar bilimlarini 
mustahkamlash, ularda egalik qo‘shimchalaridan o‘rinli foydalanish 
ko‘nikmasini shakllantirish. 
R e j a:
* Egalik qo‘shimchalari haqida.
* Egalik qo‘shimchalarining shaxs-son ma’nolari 
bo‘yicha turlari.
* Ko‘plik shaklidagi egalik qo‘shimchalarining birlik 
ma’nosida qo‘llanilishi va buning sabablari. 
Тopshiriq. Berilgan birikmalardagi nuqtalar o‘rniga mos keladigan 
qo‘shimchalarni qo‘ying. Bu qo‘shimchalarning ma’nosi va vazifasini 
ayting.
Men... kitob...
Biz... kitob...
Sen... kitob... 
Siz... kitob...
U... kitob ...
Ular... kitob.
Bir shaxsga mansub bo‘lgan egalik qo‘shimchalari birlik va ko‘plikni 
ifodalash bo‘yicha o‘zaro farqlanadi. Ularni quyidagicha ko‘rsatish 
mumkin. 
Egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik ma’nolari asosida 
yuqoridagi kabi zidlanish ayrim vaqtlarda buziladi. Bunday vaqtda ko‘plik 
shakli o‘zi qo‘llanayotgan narsa-hodisaning birdan ortiqligini emas, balki 
hurmat ma’nosini bildiradi. Masalan, Onamiz dam olgani ketdilar. 
II shaxs egalik qo‘shimchasining ko‘plik shakli ko‘pincha «siz»lash 
ma’nosida qo‘llaniladi. Masalan, opang («sen»siraganini bildiradi) — 
opangiz («siz»lashni bildiradi) 
Bunday hodisa III shaxs egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik 
shakliga ham daxldordir. Masalan, opasi («sen»lash) — opalari 
(«siz»lashni bildiradi) 
Badiiy uslubda tilimizning bunday imkoniyatidan personajlar xarakterini 
ochishda ustalik bilan foydalanadilar. Masalan, Xo‘jayinning itlari. (A. 


Qahhor) It hurmatga sazovor emas. Lekin xo‘jayiniga laganbordorlik 
shunday kuchliki, uning itiga ham ana shunday munosabat bildiriladi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling