Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Тayanch tushunchalar 
egalik qo‘shimchalari, birlik son, ko‘plik son, egalik qo‘shimchalarida 
hurmat ma’nosi, egalik qo‘shimchalarida kesatiq ma’nosi. 
  
 
 
 
29-dars. FE’L VA UNING USLUBIY
XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: fe’l haqida talabalarning o‘rta umumiy ta’limdan olgan 
bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish, fe’llardan o‘rinli foydalanish 
ko‘nikmasini shakllantirish. 
R e j a:  
* Fe’l haqida ma’lumot.
* Fe’llarning mazmuniy turlari.
* Fe’llarning uslubiy xoslanishi. 
1-topshiriq. Quyida berilgan matndan fe’llarni toping va bu 
fe’llarni harakat bildiruvchi fe’llarga va holat bildiruvchi fe’llarga 
ajrating. 
Тaqdir sinoviga g‘am chekma sira,
Niyatni to‘g‘ri qil yosh to‘kma sira,
Kelajakning nurli cho‘qqisiga boq,
Ezgulik ishini tark etma sira.
(Q. Parpiyev) 


2-topshiriq. O‘qidi, o‘qitdi, o‘qimadi, o‘qidik fe’llaridagi ajratib 
ko‘rsatilgan qo‘shimchalarning qanday qo‘shimchalar ekanligi va 
ma’nolarini ayting. 
Harakat-holat ma’nosini ifodalab, nima qildi (bo‘ldi)?, nima 
qilyapti (bo‘lyapti)?, nima qiladi (bo‘ladi?) singari so‘roqlarga javob 
bo‘luvchi so‘z turkumiga fe’l deyiladi. Masalan: Тalaba o‘qidi (nima 
qildi?)Mashinalar guvullaydi (nima qiladi?) kabi. 
Fe’l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko‘ra bir qancha turlarga 
bo‘linadi. 
1. Yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to‘kdi va boshqalar. 
2. Тafakkur fe’llari: o‘ylaydi, o‘qidi, kashf qildi  kabi.
3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi
4. Ruhiy holat fe’llarikuldi, xursand bo‘ldi, qayg‘urdi, iztirob chekdi
5. Nutq fe’llari: gapirdi, so‘zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming‘irladi, 
do‘ng‘illadi
6. Ishora fe’llariimo qildi, labini burdi, ko‘zini qisdi va boshqalar. 
7. Jismoniy holat fe’llari: og‘ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog‘aydi, 
kuchaydi, charchadi kabi. 
8. Тabiiy holat fe’llarieridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar.
9. Ko‘rish fe’llari: qaradi, ko‘rdi, boqdi, termuldi
Yuqoridagi fe’l turlarining har qaysisi bir necha fe’llarni o‘z ichiga 
oladi. Bu fe’llar harakat-holat ma’nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan 
farq qiladi. Quyidagi farqlanishlarni kuzatish mumkin: 
1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko‘ra farqlanishi: jilmaymoq 
— kulimsiramoq — kulmoq. 
2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo‘lishligiga ko‘ra: kulmoq — tirjaymoq; 
so‘zlamoq — to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq. 
3. Uslubiy xoslanishiga ko‘ra: kulmoq (umumiste’moldagi so‘z) — 
tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so‘zlamoq (umumiste’moldagi so‘z) 
— nutq irod etmoq (badiiy uslubiga xos) kabi. 
Yuqoridagi fe’llarning har qaysisini o‘z o‘rnida ishlatish nutqning 
ravonligi, aniqligi va ifodaliligini ta’minlaydi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling