Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
fe’l, yumush fe’llari, tafakkur fe’llari, sezgi fe’llari, ruhiy holat fe’llari, 
nutq fe’llari, ishora fe’llari, jismoniy holat fe’llari, tabiiy holat fe’llari, 
ko‘rish fe’llari. 
 
 
 
 
30-dars. NISBAТ VA MAYL QO‘SHIMCHA- 
LARINING USLUBIY XUSUSIYAТLARI
 
30.1. NISBAТ SHAKLLARI USLUBIYAТI 


Dars maqsadi: nisbat shakllari haqida o‘rta umumiy ta’limda olgan 
bilimlarni mustahkamlash. 
Nisbat shakllaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
R e j a:
* Nisbat shakllari haqida ma’lumot.
* Nisbat shakllari tasnifi.
* Nisbat shakllarining o‘zaro vazifaviy almashinuvi 
va uning uslubiy xususiyatlari.
 
Тopshiriq. Yozda fe’lidan -ish-il-dir qo‘shimchalari orqali turli 
nisbat shakllarini hosil qiling. Har qaysi nisbat shakli qo‘shilganda 
ma’noda qanday o‘zgarish ro‘y berayotganligini ayting. 
O‘qidi, o‘qitdi, o‘qishdi, o‘qildi fe’llarining o‘xshash va farqli 
tomonlariga e’tibor bering. Ularning hammasi bir xil o‘zakdan iborat. Shu 
bilan birga, ularning hammasi bir xil zamon shakliga (-di) ega. Shunday 
bo‘lishiga qaramay, ular bir-biridan ma’lum ma’nolariga ko‘ra farqlanadi. 
Ikkinchi fe’lda fe’l o‘zagiga -t qo‘shimchasi qo‘shilib, bir shaxs boshqa 
shaxsga o‘qish harakatini bajartirganini bildiradi. 
Uchinchi fe’lda esa fe’l o‘zagiga -sh qo‘shimchasi qo‘shilib, fe’l 
o‘zagida ifodalangan o‘qish harakatining birgalikda bajarilganini, to‘rtinchi 
fe’lda esa fe’l o‘zagiga -l qo‘shimchasi qo‘shilib o‘zakdan anglashilgan 
o‘qish harakatining kim tomonidan bajarilgani noma’lumligini ifodalaydi. 
Ko‘rinadiki, yuqoridagi fe’llarning hammasi harakat bilan shu harakatni 
yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatni qanday ifodalashiga 
ko‘ra o‘zaro farqlanadi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling