Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Fe’ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Fe’ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni 
yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe’l 
shakllariga nisbat shakllari, shunday shakllar tizimiga esa nisbat 
kategoriyasi deyiladi. 
Nisbat shakllari va ularning ma’nolarini quyidagi jadvalda ko‘ring: 


Ba’zan bir nisbat ma’nosi o‘rnida boshqa nisbat shakllaridan 
foydalaniladi. Xususan, bosh nisbat ma’nosida birgalik nisbat shakllari 
ishlatilishi mumkin. Masalan, keldi kelishdi, kelyaptikelishyapti
Shuningdek, bosh nisbat ma’nosida majhul nisbat shakllaridan 
foydalaniladi: qildim o‘rniga qilindi, bajardim o‘rniga bajarildi, kiring 
o‘rniga kirilsin kabi. Bunday holat ma’lum uslub-emotsional ma’no talabi 
bilan ro‘y berdi. Ko‘pincha keyingi holat hurmat, kamtarlik ma’nolarini 
ifodlaydi. 
299-mashq. Fe’lning aniq, majhul, o‘zlik, birgalik va orttirma 
nisbatlarini aniqlang. Nisbat hosil qiluvchi qo‘shimchalar ostiga chizing. 
Fe’lning qaysi nisbatda ekanligini qisqacha yozib qo‘ying. 
N a m u n a: U ohista tebrandi (o‘zlik nisbatda). 
1. Qayumxon Olimovichning uyida zo‘r tantana. Shaharning ko‘zga 
ko‘ringan odamlari taklif etilgan. Ikki qavatli kottejning hovlisi taxta 
so‘rilar, institut oshxonasidan keltirilgan stol-stullar bilan bezatilgan.
 
 
 
 
 
 
 
 
(Т. Mahmud) 
2. Studentlar bir chekkada samovar qo‘ygan, choynak-piyolalarni yuvib, 
artishgan, qo‘li to‘rtta, oyog‘i oltita bo‘lib u yoqdan bu yoqqa narsa 
tashigan, domlaning ko‘z qiri tushib qolarmikan degan niyatda ko‘ngil erib 


xizmat qilishardi. Mehmonlar kechroq taklif etilgan edi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
(Т. Mahmud) 
3. Lagan-tovoqning biri-birisiga tekkan tovushi eshitilib, Otabek o‘zini 
ohistagina yo‘lakka oldi. (A. Qodiriy) 
4. «Sarob» romani 1953-yilda Stalin o‘lgach, mamlakatda boshqacha — 
iliq shabadalar esa boshlagan, KПСС XX syezdi «dohiy» shaxsiga sig‘inish 
va uning o‘tkazgan siyosatini qoralagan bir paytdagina qayta qo‘lga olindi. 
(R. Ko‘chqor) 
5. Ahmoq yolg‘onga to‘n kiygizdi boplab, bor-yo‘g‘i bir hamroh emish-
a, qaysi nodon ishonar bunga. (A. Dilmurod)  
6. Bizning asabimiz necha ming yillar,
Kishanlar ostida shu qadar pishdiki,
Shuncha og‘irlik ostida aslo
Shoshmadik, dushmanlar hayron qolishdi!
O‘n olti martaba to‘plandik bizlar
Rejalar tortishdik yangi ishlarga,
Nima deyishni bilmaydi dushman,
Bir reja bo‘yicha yugurishlarga!  
(Abdulhamid Cho‘lpon) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling