Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


sabatini bildirgan fe’l shakllariga mayl shakllari, shunday


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

sabatini bildirgan fe’l shakllariga mayl shakllari, shunday 
shakllar tizimiga esa mayl kategoriyasi deyiladi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida yuqoridagi ma’nolarga muvofiq keladigan 
to‘rt turdagi mayl shakllari mavjud. Ularni quyidagi jadvalda ko‘ring: 
Yuqorida fe’l shakllaridan o‘rinli foydalanish nutqingizni aniq, ravon 
ifodalashga yordam beradi. 
302-mashq. Gaplarni o‘qing, fe’l mayllarini aniqlang. 
Endi, sen, ey ayanch masxaraboz va o‘zingniki bo‘lmagan ishlarga 
aralashib yuradigan telba, sen endi meni kechir! Ko‘ngillarga alam berishni 
bas qiling. Damingizni chiqarmasdan turing: men sizni yuragingizga bir 
alam bermoqchiman: agarda u yurak hech narsa kor qilmas bir ma’dandan 
iborat bo‘lmasa, agarda jinoyatga ko‘nikish orqasida har qanday hisdan 
mahrum bir misga aylanmagan esa, men unga achitib-achitib bir alam 
berayin deyman. (Abdulhamid Cho‘lpon) 


2. Navoiy zamonida bo‘lib o‘tgan bir galgi mushoirada davra 
ishtirokchilaridan biri she’rni chunonam dabdabali ohangda o‘qibdiki, uning 
bu 
qilmishi 
ko‘pchilikka ma’qul tushmabdi. Shunda mashhur 
donishmandlardan biri u kishiga:
— Mavlono, siz she’r o‘qiydirsizmu yoki odam qo‘rqitasizmu? — deya 
tanbeh bergan ekan. (Z. Vasifiy
3. Kesak desangiz ham mayliga, lekin sansiramang, Arslonbek. Men 
sizdan ikki yosh kattaman. Shu yerda bo‘yiga yetgan qizim, bola-chaqali 
o‘g‘lim o‘tiribdi. Kozimbekning orzusini ko‘ring, sansiramang. (A. Qahhor) 
303-mashq. «Тongda turmoqlikning xosiyati» mavzusida matn tuzing, 
bunda sinonim fe’llardan unumli foydalaning. 
304-mashq. Matnni o‘qing. Fe’l mayli qo‘shimchalarini ajratib yozing 
va uslubiy vazifalarini aniqlang.
ENG YAXSHI DORI 
Shunday xastalar bo‘ladiki, ularni faqat so‘z bilan davolamoq zarur. Abu 
Ali ibn Sinoning fikriga qaraganda, bemorni dori-darmon bilan birga so‘z 
bilan davolagan ham afzal, chunki so‘z shunchalik sir-sinoatga ega bir 
mo‘jiza hisoblanadi. 
Bir og‘iz shirin so‘z. Siz bu so‘zning naqadar umidbaxsh va katta 
qudratga ega ekanligini his qilganmisiz? Qiziq, ba’zan noyob dori-
darmonlar-u zamonaviy meditsina asbob-uskunalari ham ojizlik qilib 
qolganda ana shu bir og‘iz so‘z bemorga ruhiy dalda, jismoniy quvvat 
bag‘ishlaydi! Chunki so‘z xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, avvalo, bosh 
miyaga ta’sir qiladi. Bosh miya esa organizmdagi butun jarayonlar-ni 
boshqaradi va nazorat qilib turadi. Yomon so‘z orqali asabiylashganda, 
odamning aft-angori o‘zgaradi, rangi o‘chadi, qo‘l va oyoqlari titraydi, 
quloqqa so‘z kirmaydi, nafas olishi va yurak urishi tezlashadi. Shu payt 
kishi o‘zini bosib ololmasa, yomon kasallikka chalinishi mumkin. 
Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Luqmoni Hakim ko‘chada ketayotgan 
ekan. Qarasa, sal oldinda borayotgan bir qiz dam-badam qon tuplarmish. 
Hakim qiz uyiga kirib ketgach, uning orqasidan kirdi. Luqmoni Hakim 
qizning otasiga: «Qizingiz bedavo dardga uchrabdi, afsuski, muolajaning 
iloji yo‘q», debdi. Uning bu so‘zlarini haligi qiz eshik orqasida eshitib 
turgan ekan. Birdan yuragi duk-duk urib, qaltirab yiqilibdi va hushidan 


ketibdi. Xullas, shu bir og‘iz so‘z oqibatida qiz ruhiy dardga giriftor bo‘lib, 
olamdan o‘tibdi. 
...Kunlarning birida qizning otasi Luqmoni Hakimni uchratib qolibdi. 
Shunda ota: 
— Тaqsir, qizim bedavo dardga chalinganini qanday bilib edingiz? — 
deb so‘rabdi. Luqmoni Hakim debdi: 
— Qizingiz ko‘chada kela turib, bot-bot qon tuplaganini ko‘rgan edim. 
Bu javobni eshitgan chol shart etib, o‘z peshanasiga uribdi. Keyin sal 
o‘ziga kelgach: 
— E, attang, qizim o‘sha kuni shotut yeb edi, siz ko‘rgan tupik shotut 
sharbati edi-ku! E, attang! — debdi. 
Hakim chol oldida tiz cho‘kib, uzr so‘rabdi: 
— Siz menga va bizdan so‘nggi avlodlarga unutilmas saboq berdingiz. 
Bir so‘z bilan soppa-sog‘ odamni o‘ldirish yoki bemorni oyoqqa turg‘izib 
yuborish mumkin ekan! Yunonlar: «Dardni bilmasang, yaxshisi sen bemorni 
tinch qo‘y», — deb bejiz aytmagan ekanlar.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling