Dars maqsadi: talabalarning shaxs-son qo‘shimchalari yuzasidan o‘rta
umumiy
ta’limda
olgan
bilimlarini
mustahkamlash.
Shaxs-son
qo‘shimchalaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
R e j a: * Shaxs-son qo‘shimchalari haqida ma’lumot.
* Shaxs-son qo‘shimchalarining o‘zaro vazifa jiha-
tidan almashinuvi va uning uslubiy xususiyatlari.
Тopshiriq. O‘qidi... va
bora... fe’llari oxiridagi nuqtalar o‘rniga
uchta shaxs va birlikning ko‘plikka mansub qo‘shimchalarini qo‘ying.
Ularning ma’nolarini ayting.
Fe’ldan ifodalangan harakatning shaxslarga munosabatini
bildirgan qo‘shimchalarga shaxs-son qo‘shimchalari deyiladi.
Masalan, keldim, yozding, boraman so‘zlaridagi -m, -ng, -man
qo‘shimchalari.
Bunday qo‘shimchalarning shaxs-son qo‘shimchalari
deb yuritilishiga
sabab shuki, shaxs qo‘shimchalari ayni paytda sonni ham bildirib turadi: yo
birlik, yo ko‘plik shaklida bo‘ladi. Masalan,
Birlik
Ko‘plik
yozdi-m
yozdi-k
yozdi-ng
yozdi-ngiz (laring)
yozdi-
yozdi-lar (yozishdi)
Ba’zi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs
qo‘shimchasi,
shuningdek, birlik ma’nosini ifodalash uchun ko‘plik
qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin. Bunday holatlar ma’lum uslubiy
maqsadda ro‘y beradi. Masalan,
Yurasan, yurasan, hech masofa
kamaymaydi —
yuraman, yuraman, hech masofa kamaymaydi.
Ikkinchi va uchinchi shaxs birlik shakllari o‘rnida ko‘plik shakli
qo‘llanilsa, shaxs ko‘pligi emas, balki shaxsga hurmat ma’nosi ifodalanadi.
Masalan,
Dadam keldilar. Siz juda yoqimli kuyladingiz. So‘zlang. (A.
Qodiriy)
Ayrim o‘zbek shevalarida shart maylidan keyin qo‘shiladigan shaxs-son
shakllari o‘rniga o‘tgan zamonning —
gan shakli, hozirgi va kelasi zamon
shakllaridan keyin ishlatiladigan shakl qo‘llaniladi. Masalan,
borsa o‘rniga
borsamiz, borsavuz.
Shaxs-son qo‘shimchalarini quyidagi jadvalda ko‘ring:
II shaxs buyruq mayli qo‘shimchalari o‘rniga
III shaxs buyruq mayli
qo‘shimchasi ishlatiladi. Masalan,
kiring o‘rniga
kirsinlar,
o‘tiring o‘rniga
o‘tirsinlar. Bunday holat o‘zidan katta yoki obro‘li kishilarga nisbatan
qo‘llanilib, hurmat ma’nosi ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: