Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

305-mashq. Ko‘chiring. Fe’llarni ajratib, maylini hamda zamonini 
aniqlang. 
— Saroy ahli uch toifaga bo‘linadi, — dedi O‘gdilmish. — Birinchisi 
— sendan ulug‘lar, ularni ulug‘lab, so‘zlarini qadrla.
— Donolar bek haqida juda yaxshi deyishgan: 
Kichikka ulug‘lik ulug‘dan bo‘lar,
Ulug‘ga egilsa, kichik qut olar. 
Ulug‘lar so‘zin tut, yumush qil, yugur,
Ulug‘ so‘zin tutsang, tilak tez kelur. 
Bulardan 
bo‘lagi 
sening 
tengdoshlaring. 
Ularni 
o‘zingdan 
uzoqlashtirsang yov, yaqinlashtirsang qadrdon do‘st bo‘lishadi. Oxirgisi — 
sendan kichiklar. Barcha achchiq-chuchuk ular bilan bo‘ladi. Ular ishini 
o‘rinlatsa, taqdirlash, gunoh qilsa, tartibga chaqirish lozim. Yoshlarni bekor, 
behuda qo‘ymaslik, ishlarini so‘rab-surishtirib turish shart. Ularni mensimay 
qo‘yish xayolingga kelmasin. Ularga aytiladigan so‘zlaringni tiyib tur. 
Qo‘ldoshlaring qaysi yo‘lni tutsa, sen ham o‘shanday qilgan, toki ular 
bundan sevinch topishsin. O‘zingga tenglarni yaqin tut. Тengdosh tengdosh 
uchun — ko‘rk. Yomon fe’l-atvor egalarini zinhor yaqin tutmagin. 


Do‘stlik, yaqinlik 2 xil bo‘ladi: biri ezgu niyatlar tufayli yuzaga kelsa
boshqa bir do‘stlik shaxsiy manfaatlarni deb bo‘ladi. O‘z nafini o‘ylab 
qilingan do‘stlikka juda tez soya tushadi. Do‘st kishining shunday hikmatli 
gapi mavjud: 
— Do‘stni foyda-zarar ichida sinash kerak. Sen do‘st bo‘lish uchun oyoq 
qo‘ysang, o‘zingni mahkam tut. Do‘stning haqiqiy dilini bilmoqchi 
bo‘lsang, sinash uchun unga tilingda g‘azab qilib yoki yuzingni tutib, ya’ni 
qovog‘ingni solib ko‘r. 
Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo‘lsang, 
uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon bo‘ladi. 
Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga 
ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. 
(Yusuf Xos Hojib) 
306-mashq. Ikki guruhga bo‘lining. Berilgan fe’llarga qaysi guruh ko‘p 
sinonimlar topa oladi. 
Тopshiriq: keldi... va tura... fe’llari oxiridagi nuqtalar o‘rniga uchta 
shaxs va birlik-ko‘plikka mansub qo‘shimchalarni qo‘ying. Ularning 
ma’nolarini ayting. 
Ichmoq, otmoq, so‘zlamoq, chopmoq, eshitmoq, qaramoq. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling