Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Otlarning uch shaxsdan biriga mansub ekanligini bildiruvchi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Otlarning uch shaxsdan biriga mansub ekanligini bildiruvchi 
shakllar tizimi egalik qo‘shimchalari sanaladi. 
Savol va topshiriqlar 
1. Egalik qo‘shimchalari deganda nimani tushunasiz? 
2. Egalik qo‘shimchalarining ko‘plik shakllari doimo ko‘plik ma’nosini 
bildiradimi? Agar ko‘plikni bildirmasa, qanday vazifada qo‘llaniladi? 
292-mashq. Matnni ko‘chiring, egalik qo‘shimchalarining semantik-
uslubiy jihatdan ta’riflang. 
Hakim Sanoiy aytadi: 
— Kishi o‘z sirini besh xil kishiga aytmasligi kerak. Bularning birinchisi 
— makr-u hiylali ayol, ikkinchisi — balog‘atga yetmagan bola, uchinchisi 
— tentak, to‘rtinchisi — birovga tobe kishi, beshinchisi — sinalmagan 
do‘st. 
Yengiltak va makr sohibasi bo‘lmish ayolga sir aytgan kishining ishi 
go‘yo olovga paxta tashlab, unga «kuyma!» deb yuborgan kishining ishiga 
o‘xshaydi. Bolalarga sir aytgan kishining ishi esa suvga ko‘za tashlab, unga 
«ho‘l bo‘lma!» deb buyurgan kishining ishiga o‘xshaydi. Тentakka sir 
aytgan kishining ishi go‘yo mushukka go‘sht tashlab, unga «yema!» deb 
buyurgan kishining ishiga o‘xshaydi. Biror tasodif tufayli birovga qaram va 
tobe bo‘lib qolgan kishiga sir aytgan kishining ishi go‘yo it oldiga suyak 
tashlab, unga «g‘ajima!» deb buyurgan kishining ishiga o‘xshaydi. 
Sinalmagan do‘stga sir aytgan kishining ishi go‘yo o‘zini o‘zi daryoga otib, 
do‘stiga xitob qilgan holda: «Meni g‘arq bo‘lishdan qutqar!» degan 
kishining ishiga o‘xshaydi.
 
Uyga topshiriq. Biror gazeta, jurnallardan -lar qo‘shimchasi 
anglatgan ma’nolarning har biriga: ko‘plik, umumlashtirish, hurmat, 
mubolag‘a, taxmin, kinoya kabilarga 3—4 tadan misol topib yozing 
va uslubiy xususiyatini izohlang. 
293-mashq. Ko‘chiring. So‘zlardagi ko‘plik, egalik qo‘shimchalarining 
qo‘shilishiga e’tibor qiling. Ularning o‘rin almashishidagi ma’naviy-uslubiy 
xususiyatlarini tushuntiring. 


Farzandim — farzandimiz. Boshim — boshlarim, iztiroblar — 
iztirobimiz, kuyov — kuyovingiz, yuzlarim — yuzim, do‘stim — 
do‘stginam — do‘stlarim, uyimizda — uylarimizda, hayajonimiz — 
hayajonlarim, xirmon —xirmonlarim — xirmonimiz, dillarim — dillaringiz 
— dilimiz, ko‘zdan ayrildi — ko‘zidan ayrildi, mashinadan chiqdi — 
mashinasidan chiqdi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling