Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

277-mashq. Matnni o‘qing. Sonlarni topib, ularning uslubiy xossalarini 
aniqlang. 
HIJRIY YIL HISOBI 
O‘rta Osiyoda XIX asrgacha hijriy yil hisobi qo‘llangan. U milodiy 622-
yil 16-iyuldan boshlanadi. Bir hijriy yil 12 oy, bir oy esa Oy fazalarining 
takrorlanish (masalan, yangi Oy chiqishi) davriga teng va 29, 30 kundan 
iborat. Shuning uchun toq raqamli oylar 30 kun, juft raqamli oylar 29 kun va 
bir hijriy yil 354 kunga teng. 
Algoritm: Hijriy yilni milodiyga o‘tkazish uchun uni 0,97 ga ko‘paytirib 
yaxlitlash va 622 ni qo‘shish kerak. Misol: Beruniy hijriy 362-yilda 
tug‘ilgan. 362 x 0,97=351; 351+622=973. Demak, Beruniy tavalludi 
milodiy 973-yil. 
Algoritm: Milodiy yilni hijriyga o‘tkazish uchun 621 ni ayirib, 1,03 ga 
ko‘paytirish va yaxlitlash kerak. Misol: Alisher Navoiy tavallud topgan 
1441-yil uchun, 1441–621=820; 820x1,03=844,6. 
I z o h: Algoritmlar taqribiy — bir yilga farq qiladigan natija berishi 
mumkin. 
 278-mashq. Quyidagi hadisning mazmun-mohiyatini ochib bering. 
O‘zaro fikrlashing. 
Mo‘min mo‘min uchun bir-birini suyab turgan ikki bino yanglig‘ 
bo‘lmog‘i lozim. 
279-mashq. O‘qing. Matnda ishlatilgan sonlarga diqqat qiling.


ILMGA BAXSHIDA UMR 
Hadis ilmida «Amir ul-mo‘minin», «Imom ul-muhaddisin» degan 
sharafli nomlarga sazovor bo‘lgan Imom al-Buxoriy 194-hijriyda (810- yil 
10-iyul) Buxoroning Xartang qishlog‘ida tavallud topgan. 16 yoshida onasi 
va akasi Ahmad bilan haj safariga boradi va hadisni o‘rganish maqsadida 
Hijozda qoladi. U Basrada bo‘lganida 16 kunda 15 mingdan ziyod hadisni 
yod olgan. Ikki marta Shom, Misr, Jaziraga bordi, to‘rt marta Basraga safar 
qildi. Olti yil Hijozda yashadi. Rivoyatlarga qaraganda, yuz mingga yaqin 
hadisni isnod bilan va yana ikki yuz ming hadisni shunchaki yod olgan. 
Imom al-Buxoriy «Sahih»ni to‘plagandan so‘ng Buxoroga qaytadi. 
Naysaburda uni to‘rt ming suvori chiqib, katta tantana bilan kutib olgani 
ma’lum. U Buxoroga qaytar ekan, shaharga bir farsah qolganda bir chodir 
tutib, dam olish uchun to‘xtaydi. Shahar ahli unga peshvoz chiqdi. 
Samarqand ahli esa unga maktub yo‘llab o‘z shaharlariga taklif qilgan. 
Buxoriy taklifni qabul qilib yo‘lga otlanadi. Samarqanddan ikki farsah 
masofada joylashgan ona qishlog‘iga yetgach, qavm-u qarindoshlari yonida 
to‘xtaydi. Bir muddat o‘tgach, muhaddis 256-yil hijriyda, fitr bayrami
payshanbaga o‘tar kechasi vafot etadi va o‘sha yerda dafn etiladi. («Sharq 
mash’ali» jurnali, 1998, № 3—4) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling