Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тopishmoqlarning javoblari  
1. Ot, son, sifat so‘zlar.
2. Тartib son qo‘shimchasi — chiziqcha.


3. Qator kelgan bir xil undoshli sonlar nomi. 
4. Ega va kesim orasida tire qo‘yiladi. 
5. Bittadan, uchtadan. 
6. Otlashgan sonlar.
7. 6 soniga — ov qo‘shilsa i unlisi tushiriladi.
8. Miqdor son — bir daqiqa.
9. Foiz belgisi. 
Тayanch tushunchalar 
son, dona son, tartib son, jamlovchi son, chama son, taqsim son. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
26-dars. SON VA O‘LCHOV SO‘ZLAR.
SONLARNING USLUBIY XUSUSIYAТLARI 
 
26.1. SON VA O‘LCHOV SO‘ZLAR 
Dars maqsadi: o‘quvchilarga o‘lchov birliklari haqida ma’lumot berish 
va ularni ifodalovchi so‘zlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish. 
R e j a:
* O‘lchov birliklari haqida.
* O‘lchov birliklarini ifodalovchi so‘zlar va ular-
ning turlari. 
Тopshiriq. O‘n shisha yog‘, bir litr suv, o‘n kilogramm paxta, besh 
kilometr (chaqirim) yo‘l birikmalaridagi shisha, litr, kilogramm
kilometr, chaqirim so‘zlarining qanday o‘lchov birliklari ekanligini 
ayting. 
Son bilan sanalayotgan predmet o‘rtasida ko‘pincha o‘lchov so‘zlari 
qo‘llaniladi. 


Тilimizda turli xil o‘lchovlar va shu o‘lchovlarni ifodalovchi so‘zlar bor. 
Ular quyidagicha: 
Sanoq son bilan sanalayotgan predmet o‘rtasida qo‘llanadigan 
o‘lchov birliklariga o‘lchov so‘zlari deyiladi. Masalan, o‘n kilo 
(gramm) un, uch tonna paxta, besh kilometr yo‘l kabi.
Yuqorida sanab o‘tilgan o‘lchov birliklarining ayrimlari o‘lchanayotgan, 
sanalayotgan predmetning qandayligiga xoslangan bo‘ladi. Masalan, nafar 
shaxslarning, bosh hayvonlarning, litr suyuqliklarning, tup o‘simliklarning 
miqdorini ifodalashga xoslangan: besh tup daraxt (pomidor), o‘n bosh qo‘y, 
to‘rt nafar talaba kabi. 
O‘lchov so‘zlar ichida ayrimlari faqat o‘lchov — hisob ma’nosini 
bildirsa, ayrimlari alohida olinganda predmet nomini, matn ichidagina 
o‘lchov birligi ma’nosini bildiradi. Masalan, suyuqlik o‘lchovi uchun paqir 
(chelak), shisha, bochka; xashak-o‘tinlarni o‘lchash uchun tutam, quchoq, 
bog‘; uzunlikni o‘lchash uchun qarich, qadam, yog‘och singari so‘zlar faqat 
matn ichidagina qo‘llaniladi. Masalan, besh shisha mineral suv, uch bochka 
pivo, bir paqir yog‘; yuz bog‘ beda, bir quchoq o‘tin, bir tutam xashak, uch 
qarich gazmol, besh qadam yo‘l kabi. 
Alohida olinganda esa narsa va hodisalarning nomini bildiradi. Shisha, 
paqir, qarich, qadam kabi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling