Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Bu ko‘rsatilgan son turlaridan har qaysisining o‘z shakllari


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Bu ko‘rsatilgan son turlaridan har qaysisining o‘z shakllari 
mavjud. Bosh shakl orqali ifodalangan miqdor nomlariga sanoq 
sonlar deyiladi. Masalan, bir, o‘n, yigirma, ming, million kabi. 
Predmetning tartibini bildirgan sonlarga tartib son deyiladi. 
Тartib sonlar sanoq sonlarga -nchi, -inchi qo‘shimchalarini 
qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bulardan -nchi unli bilan tugagan, -
inchi undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi. Masalan, besh — 
beshinchio‘n — o‘ninchiikki — ikkinchi
Predmet miqdorini jamlab ko‘rsatgan sonlarga jamlovchi 
sonlar deyiladi. Jamlovchi sonlar sanoq songa -ov, -ala ba’zan -ovlon 
(eski shakl) qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil bo‘ladi. Jamlovchi 
sonlar otlashgan xususiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun jamlovchi 
son qo‘shimchalari ko‘plik va uch shaxsdagi egalik qo‘shimchalaridan 
birini olib keladi. Masalan, besh beshovi beshovlari, uch — 
uchalasi uchalalari, ikki ikkovlon, ikkalasi kabi. Misol: 
Тo‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini undirar, oltovlon ola bo‘lsa, 
og‘zidagin oldirar. Ko‘rinib turibdiki, -ov, -ovlon birlik sonlarga
ikkidan yuqorisiga qo‘shiladi. Bir soniga -ov qo‘shimchasi qo‘shilib 
jamlovchi «kimdir» degan ma’noda qo‘llanadigan birov so‘zi son 
ma’nosini yo‘qotib, olmosh turkumiga o‘tgan. 
-ala qo‘shimchasini olgan son egalik qo‘shimchasini olmasligi 
ham mumkin. U vaqtda son otlashmagan bo‘ladi. Masalan, ikkala 
kishi. 
Jamlovchi son qo‘shimchalari unli bilan tugagan sonlarga 
qo‘shilganda, son oxiridagi unli tushib qoladi. Masalan: ikki — ikkovi
ikkalasiyetti — yettoviyettalasi kabi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling