Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

262-mashq. Berilgan topshiriqlarni bajaring. 
1. Yasama sifat o‘rnida ikki so‘zli birikmadan ham foydalansa 
bo‘ladimi? 
2. Sifat yasovchilar antonimik munosabat hosil qilishini tushuntiring. 


3. Sifatlash vazifasida kelgan kabi, yanglig‘, o‘xshash, singari va boshqa 
ko‘makchilardan ham o‘rni bilan nutqimizda foydalaniladi. Buni misollar 
bilan isbotlang. 
 263-mashq. Mashqni o‘qing. Sintaktik usul bilan yasalgan sifatlarni 
toping. Ularni daftaringizga ko‘chirib yozing. 
YOR-YOR
Qudaposhsha, uyingizga kelin keldi, yor-yor,
Kelinmas, bir umrga qiziz keldi, yor-yor.
O‘g‘lingizga vafodor hamroh keldi, yor-yor,
Muhabbatin o‘zi-la ola keldi, yor-yor.
Oppoq harir ko‘ylagin kiyib keldi, yor-yor,
Shirin so‘zin tiliga qo‘yib keldi, yor-yor.
Mahallaga lochin qush uchib keldi, yor-yor,
Sadoqat-u iffatni quchib keldi, yor-yor.
Bu makonga anor yuz kirib keldi, yor-yor,
Izli-qutli qadamin qo‘yib keldi, yor-yor.
Bu baxtli xonadonga suluv keldi, yor-yor,
Shirin so‘z-u, xushbichim totuv keldi, yor-yor.
Bu uyga baxti bekam gulnoz keldi, yor-yor,
O‘z sepini saralab, hur qiz keldi, yor-yor.
Oq yuzli keliningiz qalamqoshdir, yor-yor.
Uzun soch, kamtar beka, mehnatkashdir, yor-yor,
Qirq kokilin orqaga tashlab keldi, yor-yor.
Yurtga tinchlik, elga boylik boshlab keldi, yor-yor,
Barchangizga salomin berib keldi, yor-yor.
Qaynonaga quchog‘in ochib keldi, yor-yor,
Bu uy bir umrligin bilib keldi, yor-yor.
Тillo simli ro‘molni boshga yoyar, yor-yor,
Qayin-bo‘yin izzatin joyga qo‘yar, yor-yor.
Kuyov bolaga bergan chin so‘zi bor, yor-yor,
Keldi kelin — qizingiz ta’zim ila, yor-yor,
Bag‘ringizga bosingiz mehr ila, yor-yor.
(Farida Abdumalik qizi) 



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling