Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
 


 
25-dars. SON VA UNING USLUBIY
XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: son va uning uslubiy xususiyatlari bo‘yicha talabalarda 
bilim hamda ko‘nikma hosil qilish. 
R e j a:
* Son haqida ma’lumot.
* Sonning tuzilishi va ma’no turlari.
* Qo‘shma sonlarda sonlar tartibi. 
1-topshiriq. Тarjimayi holingizni yozing. Qanday sonlardan 
foydalanganingizni ayting. 
 2-topshiriq. Bir soniga -ta, -tadan, -inchi qo‘shimchalarini 
qo‘shing va ularning ma’nolarini tushuntiring. 
Sanaluvchi predmetlarning miqdorini, son-sanog‘ini, tartibini 
bildirgan so‘z turkumlari son deyiladi. Sonlar necha? qancha, 
nechta? nechanchi? qancha? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan, o‘n, 
ikki, besh; o‘nta kitob, o‘ninchi sinf, o‘ntadan olma, uchala kishi kabi.
Hozirgi o‘zbek tilida predmetning miqdorini, son-sanog‘ini ifodalash 
uchun ko‘proq yigirma uchta sondan foydalaniladi. Bulardan to‘qqiztasi 
birlik sonlar: bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz; to‘qqiztasi 
o‘nlik sonlar: o‘n, yigirma, o‘ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, 
to‘qson; beshtasi yuzlik, minglik va yuqori sonlarni bildiradi: yuz, ming, 
million, milliard. Bu sonlarning barchasi miqdorga egalik ma’nosini 
ifodalovchilar sifatida «nol»ga zidlanadi. Nol son miqdorga ega emaslikni 
bildiradi. Qolgan sonlar birlik sonlarning o‘nlik songa qo‘shiluvidan (o‘n 
bir, yigirma besh, to‘qson to‘qqiz), shuningdek, yuzlik va o‘ndan yuqori son 
oldidan birlik, o‘nlik sonlarning keltirilishidan (bir yuz ellik ming, to‘qqiz 
milliard ikki yuz million, o‘n bir ming besh yuz) hosil bo‘ladi. 
Sonlar ma’nosiga ko‘ra sanoq so‘zlar, tartib sonlar, jamlovchi sonlar, 
dona sonlar, taqsim sonlar, chama sonlarga bo‘linadi. Sonning ma’no 
turlarini quyidagi chizmada ko‘ring. 



Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling