Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
268-mashq. Hayotingiz davomida ro‘y bergan eng esda qolarli yil va
kunlarni esga oling hamda yozing. Nima uchun shu sana xotirangizda saqlanib qolinganiga qisqacha izoh bering. 269-mashq. Matndagi otlashgan sonlarni toping. 1. Тayog‘i yo‘g‘on birni urar, so‘zi yo‘g‘on mingni urar. 2. Тo‘qqizida bo‘lmagan aql, to‘qsonida ham bo‘lmas. 3. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. Тo‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini undirar. 4. Тo‘rtovlon ancha suhbatlashdi, keyin ikkitasi uy ichida qoldi, yana ikkitasi esa otiga minib yo‘lga ravona bo‘ldi. 5. Mingta shirin nasihatdan bitta o‘rnak yaxshi. 6. Birni bersang otangga, mingni olasang bolangdan. 7. Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi. 8. Ikki yomon qo‘shilsa, keng dunyoga sig‘maydi. 270-mashq. Ko‘chiring. Noto‘g‘ri qo‘llangan sonlarni to‘g‘ri shaklda yozing. Uslubiy xatolarga izoh bering. 1. Sizlar yetib kelganingizda soat beshlarda edi. 2. Har gektar yerdan 40 sentnerda paxta topshirganlarga ofarinlar aytdik. 3. 10 gektarchadan yerda makkajo‘xori yetishtirdik. 4. Sanamay sakkiztacha dema. 5. Shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan 140 larcha dehqon xo‘jaligida monitoring o‘tkazildi. 6. Yigirma uch yigirma to‘rtalovi kunlari respublika xo‘jalik sudlarining 2000-yilinchi faoliyati yakuni va oldinda turgan vazifalarni yanada yuqori darajada ta’minlashga qaratilgan Plenum bo‘lib o‘tdi. 7. Huquqni bilmaganlar soni 2 ta barobarga kamaydi. 8. «Inson va Qonun» gazetasi 1996-yil o‘ttizovi yanvaridan chiqa boshlagan. 9. Bittaga kessang, o‘ntaga ek. 271-mashq. Son turkumiga oid grammatik topishmoqlarning javobini toping. Biri nomlar, biri sanar, Kartadan ham bittadan, Biri belgi bildirar. Butadan ham uchtadan. Qanday so‘zlar ekan ular, Тaqsim son qo‘shimchasi Kim misol bilan aytar? Тoping-chi qaysi -tadan? Aytishda qo‘shimcha, Zo‘r kishi birni yiqar, Yozganda chiziqcha? Bilimdon mingni yiqar. Nima -tacha. -larcha, -lab, «Birni», «mingni» so‘zlari Narsa sanar chamalab? Тoping-chi, qanday so‘zlar? Ikki, yettida bordir, Olti bo‘libdi oltov, Sakkiz, to‘qqizda bordir. Yetti bo‘libdi yettov Yana qaysi so‘zda bor? Olti, yettidagi i O‘ylab toping nima bor? Nega tushibdi darrov? Qirq besh — toq son, Son va otdan tuzilar, O‘ttiz — juft son, Qanday son hisoblanar? Qirq besh, o‘ttiz O‘ylab top bir minutda, Qanday bo‘lak, Misoli ham bor bunda. Тire bunda nega kerak? Ikki nolcha o‘rtasida Qiya turar bir chiziq, Qaysi so‘zning belgisi u O‘ylab toping-chi, Qiziq? Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling