Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
264-mashq. Berilgan sifatlarni qavs ichidagi otlarga biriktirib so‘z
birikmasi hosil qilib ko‘chiring. Ayrim sifatlar uslubiy jihatdan ot bilan so‘z birikmasi hosil qilolmaslik sabablarini tushuntiring. Xiрcha (bel, uy, ish), ulug‘ (kitob, inson, tabiat), chalkash (fikr, qiz, mo‘jiza), yumshoq (so‘z, fikr, piyola), mazali (sho‘rva, ish, ko‘rpa), qishloqi (bola, bug‘doy, rang), qalin (so‘z, kitob, soat), notavon (kampir, paxta, musiqa), keng (sahro, kitob, choynak), gigant (uy, qand, yer), yashil (ovoz, boylik, fikr), laqma (yigit, tish, ruchka). 265-mashq. Uyga topshiriq. Т. Malikning «Shaytanat» romanidagi Asadbek hamda A. Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi Anvar timsollariga tavsif yozing. Unda personajlarni tavsiflovchi sifatlarni toping. Sifatlarning uslubiy xususiyatini aniqlang. 266-mashq. Quyidagi matnni o‘qing, sifatlarni toping, ularni izohlang. Тemur baland qadli, uzun bo‘yli, tik qomatli, go‘yo u qadimiy pahlavonlar avlodidan bo‘lib, keng peshanali, katta boshli, g‘oyatda kuchli va salobatli, ajoyib bo‘lalik, rangi oq-u qizil yuzlik, lekin dog‘siz, bug‘doyrang emas, qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo‘g‘on, poychalari semiz, qaddi-qomati kamoliga yetgan, sersoqol, o‘ng oyoq-qo‘li cho‘loq va shol, ikki ko‘zi bamisoli ikki sham bo‘lsa-da, shodligi bilinmas, yo‘g‘on ovozli edi. U o‘limdan qo‘rqmas, yoshi saksonga yetgan bo‘lsa-da, iztirobsiz, vazmin, badani to‘la va pishiq, xuddi zich (qalin) tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg‘onni yoqtirmas, o‘yin-kulgi-yu ko‘ngilxushlikka maylsiz, garchi (so‘zda) o‘ziga ozor yetadigan biror narsa bo‘lsa hamki, sadoqat unga yoqar edi. Тemur tamg‘asining naqshi «rosti rasti» bo‘lib, bu «haqgo‘y bo‘lsang, najot toparsan» demakdir. (Ibn Arabshoh) Тayanch tushunchalar tub sifat, yasama sifat, old qo‘shimcha, sifat yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling