Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
259-mashq. Jon taslim qilayotgan shoirning berilgan gaplarini o‘qib
oling, muallifini toping va undagi fikrlarni munozaraga aylantiring. Matnda sifatlarning ishlatilishiga alohida diqqat qiling. «Men sizlarni Vatansiz qildim. Vatanga yarog‘ ko‘tarib bormang. Agar shunday qilsangiz, men go‘rimda tik turaman». Yuqorida fikr aytgan shoir hatto o‘z o‘limidan so‘ng ham Vatani uzra farzandlarining yarog‘ ko‘tarib borishini istamagan. Ona- Vatanning muqaddasligini bir umr qalbida saqlagan va ana shu tuyg‘uni farzandlariga ham singdira olgan. 260-mashq. Berilgan grammatik topishmoqlar orqali sifat so‘z turkumi bo‘yicha olgan bilimlaringizni sinab ko‘ring. 1. Ozaytirma sifatlar Hosil qiladi — gina, Kim topadi bu — gina Qachon bo‘ladi — kina? 2. Shakli boshqa, ma’nosi Bir xil bo‘lgan qo‘shimcha Bundayin qo‘shimchalar Sifat yasar ko‘pincha? 3. Quroq, qayroq, kattaroq, Biroq, tezroq ham yaroq. Sifat so‘zni kim topadi, Uch-to‘rt misol keltirar. 4. Ko‘m-ko‘k, qizil, sap-sariq, Dumaloq, oppoq, yashil, Bular qanday sifatlar Ma’nosin kim izohlar? 5. Shirin so‘z aytalsa, bemor bo‘lar sog‘, O‘rinsiz so‘z bilan ko‘ngil bo‘lar dog‘, Subhidam har qancha xushlol saylasa, Xushovoz bulbuldek bo‘lolmaydi zog‘. Matnda qaysi so‘zlar Тoping qanday sifatlar? 6. -li, -siz qo‘shimchalar bor, Ma’nodosh, tengdoshi bor? 7. Poyonsiz, cheksiz, tuzsiz, Esiz, uyqusiz, borsiz Olti so‘zda olti — siz, Sifatlarni toping siz? 8. — Chan dan oldin turar ish, — Ki dan oltin turar qish. — Chan, -ki, ish, qish birlashib Qaysi so‘z hosil qilarmish? 9. Kes so‘zi oladi — gir, Kes, chop, tom ham olar — gir. — «gir olib, kes, chop, top»lar Ayting, qanday yozilar? 10. Yoshlikda odating bo‘lsa harorat, Hurmating o‘rnini oladi nafrat. Xushfe’llik bolada yaxshi fazilat Bunda bor otlarmi yoki sifat? (R. Sirojiddinov) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling