Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Ko‘k rang — ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va 
chuqurlikni ifoda etadi. Ruhshunos olimlar ko‘k rangning inson asablariga 
tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan. Boshqa jihatdan ko‘k 
beo‘ylik, turg‘unlik, hayotdan ajralib qolish kabilarni ifodalaydi. Havoyilik, 
havoyi o‘ylar kabi iboralar ham ko‘k rangning ana shu sifatlari bilan 
aloqador. Ko‘k sodiqlik va tartib-intizom rangi ham hisoblanadi. 
Yashil rang — tiriklik, o‘sish va umid ramzi. Bahor fasli chechaklari 
rangi. Boshqa bir jihatiga ko‘ra u zahar, kasallik va g‘o‘rlikni ham bildiradi. 
Shuningdek, yashil rang mo‘l-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik, rivojlanishni ham 
bildiradi. Islom dinida yashil ilohiy rang sanaladi. 
246-mashq. Maqol va hikmatlar ichidan sifat so‘z turkumiga oid 
so‘zlarni toping, sifatning otga o‘tish holati bormi? 
Baxil boyga borguncha, 
Karamli tog‘ga borar. 
Baxildan tosh so‘raguncha,
Gadoydan osh so‘ra. 
Nomardga yalinma, 
Bir baloga chalinma. 
Aqlsiz do‘stga kular,


Aqlli do‘stini suyar.
Johil ulfat — boshingga kulfat.
Yaxshi do‘sting kuldirar,
Yomon do‘sting kuydirar.
Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.
Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar. 
Noinsofga erk bersang, elni talar. 
247-mashq. Nuqtalar o‘rniga sifat turkumiga oid so‘zlarni qo‘yib 
ko‘chiring. 
...Farzandlar! Bilginki, insonga beriladigan... sifat odobdir. ...axloqqa 
ega bo‘lishi ham odobdan sanaladi. Xush va odobli kishilarga barcha, hatto 
dushmanlari ham tan beradi. ... odamni esa, hamma insonlar, hatto ota-onasi 
ham yomon ko‘radi. 
Odob har bir fazilatga yo‘ldir. 
Kimki yoshligida.... bo‘lmasa, bir umr bad... qolib ketishi mumkin. 
Majlis odobi. Ey... bolam! Maktabga borsang, o‘z o‘rningga o‘tirasan, 
ammo... kishilar orasida... roq joyga o‘tirganing afzal. Ikki kishining 
o‘rtasiga ularning ... hech qachon o‘tirma. Ohista va muloyimlik bilan o‘tir. 
Gapirsang gaping... bo‘lsin. Shoshma-shosharlik qilma, pala-partish 
gapirma. Ko‘p kulishdan, hazil-mutoyibadan uzoq bo‘l! Barmog‘ing bilan 
burningni o‘ynama. Тuplamagin. Esnasang, chap kaftingning orqasi bilan 
og‘zingni bekit. «Astag‘firulloh» degin. Aksirsang, darhol «Alhamdulliloh» 
degin. Hammaga... yuzlik, muloyimlik bilan gapir. 
Muomala odobi. Ey farzandim! Inson yolg‘iz yashay olmaydi. Qalblar 
hamisha bir-biriga ... talpinib turadi. Shuning uchun... do‘stlar paydo 
bo‘ladi, o‘zaro hamjihatlik yuzaga chiqadi... odamlar bir-birlariga yordam 
beradi, ko‘ngillar ulfat tutinadi. Do‘stlaringning mehrini qozonay desang
ulardan ... munosabat ko‘rishni xohlasang, sen ham ularga... muomalada 
bo‘lishing lozim. Xulqi... bolalarni yaxshi bo‘lishga chaqir. Yolg‘on 
gapirishdan, dangasalikdan butunlay hazar et. 


(A. Hikmatov) 
 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling