Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

244-mashq. 
O‘qing, sifatlarning uslubiy xususiyatlari, ya’ni 
predmetning belgisini qiyoslab, kuchaytirib, darajalab ko‘rsatilishini 
tushuntiring. 
MILLAТNI BIRLASHТIRUVCHI BAYROQ 
Aslida ma’naviyat tushunchasi ma’rifat va madaniyat tamoyillari bilan 
birga milliy mafkurani ham o‘z qamroviga oladi. Milliy mafkura nazariy 
faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, u ma’naviyatning tarkibiy qismini tashkil etadi. 
Mafkura falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy-estetik 
tafakkurning nazariy asoslariga suyanadi. 
Prezidentimizning «Kuch — bilim va tafakkurda» degan dono hikmati 
mafkura haqidagi mulohazalarimizga tag‘in ham oydinlik kiritdi. Ana shu 


shiordek eng yangroq, eng teran mushohadalar haqida o‘ylarkanman, 
beixtiyor olis moziy esga tushadi... 
Bizning milliy mafkuramiz ko‘p ming yillik juda boy merosimizga, 
milliy qadriyatlarimizga, mutafakkir, ajdodlarimiz ta’limotlariga va ilg‘or 
zamondoshlarimizning zakovatiga suyanadi va ayni mahalda umumbashariy 
ma’naviyatning sarchashmalaridan oziqlanadi. Shuning uchun ham tub 
mohiyatiga ko‘ra millatimiz mafkurasi ham baynalmilal, ham 
umuminsoniydir. Mafkuramizning yagona milliy mafkura ekanligi va bu 
maqomning O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan va shu yurtning fuqarosi 
sanalgan 130 dan ziyod millat vakillari manfaatlariga zid kelmasligi 
barchaga ayon. O‘zga millat vakiliga ham ikki davlat fuqaroligi huquqining 
berilmasligi biror millatga mansub vatandoshimiz qadr-qimmatini 
o‘zgalardan juda yuqori tutmaslik yoki kamsitmaslik natijasidir. 
Albatta, Oktabr to‘ntarishidan keyin eng zukko jadidlar va 
taraqqiyparvar ziyolilar shakllanib borayotgan bugungi mafkuramizni orzu 
qilgan bo‘lishlari mumkin. Shunday bo‘lgan chog‘da ham ularning ezgu-
umidlari faqat farazligicha qolib ketishi tayin edi. Qizil imperiya hukm 
surgan davrda milliy mafkura tamasida bo‘lish taxayyulning o‘zginasi edi, 
xolos. 
Qizil imperiyaning sho‘rolarga xos, ya’ni har qanday milliy tuyg‘uni 
tahqirlovchi yakkahokimlikka asoslangan eng jirkanch mafkurasini 
yurtboshimiz tamoman yaroqsiz, deb topdi va barcha tamoyillarining 
mustabid tuzum manfaatlariga xizmat qiluvchi mohiyatini ochib tashladi.  
(M. Xidir) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling