Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
231-mashq. Ko‘chiring. Matndagi atoqli otlarni toping, ularning yozilishiga alohida e’tibor bering. AHMAD AL-FARG‘ONIY Ahmad al-Farg‘oniyning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. U VIII asr oxirlarida Qubo (hozirgi Quva) shahrida dunyoga keladi. Quva shahri o‘sha davrning madaniy-ilmiy markazlaridan bo‘lgan. 20 yoshgacha Quva shahrida yashab, shu yerda ta’lim oladi. Uning nomi o‘sha davrlardayoq keng tarqalib, Marv shahriga taklif etiladi. Ahmad al-Farg‘oniy nomi ko‘p o‘tmay shunchalik e’tibor qozondiki, 30—35 yoshlarida uni «Тinchlik shahri» deb atalgan Bag‘dodga «Bilim uyi», ya’ni «Xizonat-al hikma» yoki «Bayt-ul hikmat»ga taklif etishadi. Uning ko‘pchilik asarlari Ma’mun huzurida yashagan davrida yaratildi. Uning mashhur «Kitob javome’ ilm an-nujum val-harakat as-samoviya» («Astronomiya va sayyoralar harakati») kitobi ham o‘sha davrda yaratildi. Olimning asarlari XII asrdayoq Italiya, Fransiya hamda Germaniya universitetlarida o‘qitila boshlandi. Bu davrda uning mashhur asarlari lotin tiliga, Ya’qub Onado‘liy tomonidan ibroniy tiliga o‘girildi. Ahmad al-Farg‘oniy Ovrupada Alfraganus nomi bilan mashhur bo‘ldi. Uning qo‘lyozmalari dunyo bo‘yicha tarqalgandir. Amerikaning Prinston universiteti, Sankt-Peterburg, Qohira, Parij, Mexiko va Hindistonda olim qo‘lyozmalari mavjudligi ro‘yxatga olingan. Al-Farg‘oniy kabi buyuk bobokalonlarimizning nomlarini va asarlarini tiklashimiz milliy qadriyatlarimizni anglashda, o‘zligimizni idrok etishimizda ibratli saboq bo‘ladi. (N. Ibrohimov) 232-mashq. Ot yasovchi qo‘shimchalar bo‘yicha «Bu meniki» o‘yin- topshirig‘ini bajaring. I guruh — qurol va narsa oti yasovchilar; II guruh — belgi hamda mavhum ot yasovchilar; III guruh — holat-harakat otini yasovchilar. Quyida so‘zlarning o‘rni aralashtirib berilgan. So‘zlardan siz o‘zingizga tegishli bo‘lgan qo‘shimchani ajratib oling. Muattarligi, bilim, surma, cholg‘u, ishonch, chiqindi, tepki, ushlagich, ravshanlik, o‘rash, tuyg‘u, mangu, sevinch, etik, borliq, tortma, oshnoligim, tuzum, og‘u, to‘kinlik, to‘kinchilik, tirgak, bo‘shlik, tortindi, bilim, boshim, tortiq, ezgulik, tilagim, siniq, buzuq, handaq, yotoq, intiq, taxmon, boylik, orzu, boylam, tutatqi, insoniylik, bolaligim, yelpig‘ich, boyligim. Yuqoridagi so‘zlarni nima uchun o‘z guruhingizga yozganingiz sababini tushuntiring? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling