Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
Тoshpiriqlar 
1. Yuqoridagi matnda berilgan maqol va she’riy parchalarni yod oling. 
2. Nima uchun bir til 32 posbon ichiga olingan, degan muammoli 
savolni bahs — munozaraga aylantiring. 
3. So‘zlash odobiga oid quyidagi maqollarni ham bilib oling: 
«Gap egasi bilan yurmaydi», «So‘zlaganing kumush bo‘lsa, tek 
turganing — oltin», «Saqlangan so‘z sof oltin», «Aytmasdan burun so‘zga 


sen ega, aytgandan so‘ng senga so‘z ega», «Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan 
qayt», «Arzimagan gap og‘izda qolsin!». 
229-mashq. Otlarning quyidagi nomlar bildirilishiga misollar yozing. 
230-mashq. Mavhum otlarni quyidagi guruhlarga ajrating. 
So‘ng tubandagi matnni o‘qib, tilshunos olim A. Hojiyevning o‘zbek tili 
takomiliyati uchun amalga oshirgan ishlari haqida bahs-munozara yuriting. 
AZIM PO‘LAТOVICH HOJIYEV
(1933) 
Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1977), O‘zbekiston Fanlar 
akademiyasi akademigi (2000) Azim Hojiyev o‘zbek tili morfologiyasi, so‘z 
yasalishi, leksikologiyasi va leksikografiyasi, orfografiyasi bo‘yicha bir 
qancha asarlari bilan o‘zbek tilshunosligining rivoji uchun munosib 
hissasini qo‘shdi. Ular orasida «O‘zbek tilida ko‘makchi fe’llar» (1966), 
«Тo‘liqsiz fe’l» (1970), «Fe’l» (1973), «Hozirgi o‘zbek tilida forma 
yasalishi» (1979), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»(1980), 
«O‘zbek lingvistik terminlarining izohli lug‘ati» (1984), «Тilshunoslik 
terminlarining izohli lug‘ati» (2002) kabi asarlari alohida qimmatga ega. 
A. Hojiyev o‘rta va oliy maktablarda ona tilini, hozirgi o‘zbek tilining 
nazariy muammolarini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ham bara-kali 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning tashabbusi va bevosita ishtirokida oliy o‘quv 
yurti filologiya fakultetlari talabalari uchun «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» — 
1-qism (1980) darsligi, o‘rta maktablarning V—IX sinflari uchun «Ona tili» 
dasturi (1992) va darsligi (1992—1994) yaratildi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling