Borliqdagi narsa va hodisalarning, afsonaviy
tushunchalarning nomi ot
turkumiga mansub ekanligini bilasiz. Shuningdek,
otlarning turdosh va
atoqli otlarga bo‘linishi, son (birlik-ko‘plik), egalik va kelishik shakllariga,
shuningdek, ba’zan erkalash — hurmat shakllariga ega bo‘lishi haqida ham
o‘rta umumiy ta’limda ma’lumotga ega bo‘lgansiz.
Otlardagi yuqorida ko‘rsatilgan grammatik shakllar nutq jarayonida turli
xil uslubiy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.
Otlar son-miqdor ma’nosiga ega va u birlik yoki ko‘plik shakllari orqali
ifodalanadi. Birlik nol ko‘rsatkich (maxsus grammatik ko‘rsatkichning
yo‘qligi)ga ega.
Ko‘plik — lar qo‘shimchasi orqali ifodalanadi. Bunga
morfologik yo‘l deyiladi. Masalan, uylar, do‘stlar, binolar.
Shuningdek, birlikdagi ot oldidan birdan yuqori bo‘lgan sanoq
sonlarni yoki daraja-miqdor ravishlarini: ko‘p, ancha kabi
so‘zlarni qo‘shish yordamida ham ko‘plikni ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: