Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollarga javob bering 1. Ona tilimizga davlat tili maqomini berishdan maqsad nima 2. «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun moddalaridan aytib bering. 227-mashq
Savol va topshiriqlar
1. Otning son shakli deganda nimani tushunasiz va qanday ifodalanadi? 2. Ko‘plik shakli qanday vaqtlarda birlik ma’noni o‘zgartirmaydi va bunday holatda qanday vazifalarni bajaradi? 3. Qarindoshlik bildiruvchi so‘zlarda ko‘plik va egalik shakllarining o‘rinlashishi qanday bo‘ladi? 226-mashq. O‘qing, ot so‘z turkumining nutqimizda qay darajada ishtirok etishiga diqqat qiling. Ona tilimizni boyitish va sofligini saqlash uchun nimalar qilishimizni bilib oling. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi faqat o‘zbeklar uchungina emas, balki respublikamiz hududida yashayotgan barcha millat vakillari uchun ham katta ahamiyatga ega. Chunki bu qonun o‘zbek tilini Davlat tili sifatida e’tirof etish bilan birga, respublikamizda to‘p bo‘lib istiqomat qilayotgan boshqa xalqlar tillarini ham himoya qiladi. Savollarga javob bering 1. Ona tilimizga davlat tili maqomini berishdan maqsad nima? 2. «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun moddalaridan aytib bering. 227-mashq. «Qonun va ijro» mavzusida uy inshosi yozing. (Bunda asosan 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunning hayotga tatbiq etilishini yoriting). 228-mashq. «Yaxshi so‘z — muxtasar» mavzusidagi matnni o‘qing. Ot so‘z turkumining matnda ishlatilishiga e’tibor bering. YAXSHI SO‘Z — MUXТASAR Bir donishmanddan shogirdlari: — Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz? — deb so‘radilar. Donishmand: — Hech qayerda hech kimga birorta so‘z so‘zlamang, sukut eting, — deb javob berdi. Shunda shogirdlari: — Axir, doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo‘l ko‘rsating! — dedilar. Donishmand shunday maslahat berdi: — Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va ma’noli so‘zlang, og‘zingizdan sira ham nojo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi, bundan saqlaning. Bayt: Yaxshi so‘zdan ko‘rasan mehr-u vafo, Nomunosib so‘zlasang, yetgay jafo. Ha, til bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham — boshga balo. Shuning uchun donishmandlar so‘zni doriga o‘xshatadilar. «Ortiqchasi zarar keltiradi», — deydilar. Bu fikrni ulug‘ bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» nomli ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan: Тilingni avayla — omondir boshing, So‘zingni avayla — uzayar yoshing. Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik, Ortiq so‘z qiladi va boshni egik. Bu fikrlar bundan o‘n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda yana qanchadan qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning SO‘Zga bo‘lgan munosabati hamon turliligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri Тolib Yo‘ldosh shunday izohlaydi: Bir so‘z bilan har kishi O‘zligini ko‘rsatar, So‘z gavharin ko‘pincha Dono olar, ko‘r sotar. Afsuski, o‘zlarining bo‘lar-bo‘lmas gaplari, mahmadonaliklari bilan kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhimi, ularning sog‘lig‘ini, qimmatli vaqtlarini o‘g‘irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalarga ko‘cha-ko‘yda ham, oshxona va majlislarda ham, bazm-u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz. Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshatadi va davom etib yozadi: «Oz gapirmoq hikmatga sabab; oz yemoq — sog‘liqqa sabab. Og‘ziga kelganni demoq — nodonning ishi va oldiga kelganni yemoq — hayvonning ishi» Bayt: «Ko‘p demak birla bo‘lmagil nodon, Ko‘p yemak birla bo‘lmagil hayvon». Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so‘zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim. (S. Mo‘minov) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling