Opa so‘zining boshqa qarindoshlik bildiruvchi so‘zlar bilan
birlashtirib turadigan va ayni paytda, ularni bir-biridan farq-
laydigan ma’nolarining jami uning atash ma’nosi yoki leksik
ma’nosi deyiladi.
Opa so‘zi yuqoridagi ma’nodan tashqari predmetlik, bosh kelishik,
birlik ma’nolariga ham ega. Bu ma’nolar uning grammatik ma’nosi
sanaladi.
Ko‘rinadiki, nutq jarayonida har bir so‘z leksik va grammatik ma’nolar
uyg‘unligidan tashkil topadi.
Odatda, leksik va grammatik ma’nolarning muayyan tovush yoki
tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka
nisbatan so‘z atamasi qo‘llaniladi.
Grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi til birligi uchun
leksema atamasi qo‘llaniladi.
Bunday vaqtda so‘z morfologiya birligi sifatida, leksema esa
leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.
Demak, tahlil jarayonida gap tarkibidan so‘zlarni ajratamiz. So‘zlar
esa leksema va grammatik qo‘shimchalarga bo‘linadi. Тilning
lug‘aviy (leksik) ma’no bildiruvchi birligi leksema sanaladi.
Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar beriladi.
Savol va topshiriqlar
1. So‘z tovush tomonidan tashqari yana nimaga ega bo‘lishi kerak?
2. So‘zning leksik ma’nosi deganda nimani tushunasiz?
3. So‘zning grammatik ma’nosi nima?
4. Leksema va so‘z nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
5. Bitta gap keltirib, uni so‘zlarga ajrating, so‘zlarning leksema qismini
aniqlang.
50-mashq. So‘zlardagi ichki ma’noviy farqlarni izohlab bering.
Boshqacha — o‘zgacha — ajib — ajoyib — g‘alati — g‘aroyib —
alomat — antiqa.
Тuzuk — durust — bir navi — yaxshi — zo‘r — a’lo — gap yo‘q —
mixdek.
Do'stlaringiz bilan baham: |