2009-yil 8-fevral
209-mashq. Quyidagi reklama matnini o‘qing.
Uning tili va uslubi
ustida ishlang.
AZIZ HAMYURТLAR!
Agar Andijonning eng xushhavo va xushmanzara go‘shasi bo‘lmish
Bog‘ishamolga Sizning yo‘lingiz tushsa, albatta, «Bir zumda» oshxonasiga
kirib o‘ting. Bu yerda tayyorlanayotgan turli-tuman
shirin milliy taomlar,
qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko‘rsatilayotgan xizmatimiz sizga,
so‘zsiz, manzur bo‘ladi.
Qolaversa, go‘zal O‘zbekistonimizning
mashhur
kishilari bilan bir piyola choy ustida suhbatda bo‘lishingiz mumkin.
Ko‘nglingiz ko‘tarilib, kayfiyatingiz a’lo bo‘lishiga shak-shubha yo‘qdir.
Shu bilan birga, «Bir zumda» oshxonasida tavallud kunlaringizni, nikoh
kechalarini va boshqa turli tantanalarni o‘tkazishingiz mumkin.
Biz
Sizni kutamiz, Sizga xizmat qilganimizdan mamnunmiz.
Manzilimiz: Bog‘ishamol dahasi, «Bir zumda» oshxonasi.
Тelefonlarimiz: 24-88-09, 93-34-77.
Aziz mehmonimiz bo‘ling!
Do'stlaringiz bilan baham: