Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2



KIRISH 
Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi 
o‘zbek tilining tovush tizimi, morfemikasi hamda tinish belgilarining 
ishlatilishi yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda olgan bilimlaringizni 
chuqurlashtirdingiz. Fonema va morfemaning nutq jarayonida xilma-xil 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishining guvohi bo‘ldingiz. 
Sizda tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlari haqida muayyan bilim va 
ko‘nikmalar hosil qilindi. 
2-bosqichda hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik tizimi, so‘zlarning 
mazmuniy tuzilishi, ularning bir ma’noliligi va ko‘p ma’noliligi, ko‘chma 
ma’nolar va ularning paydo bo‘lish yo‘llari bilan tanishasiz. 
Ma’lumki, til hodisalari nutqda voqe bo‘ladi. Har bir xalq asrlar 
davomida o‘z tili ustida ishlab, sayqallashtirib, uni go‘zallashtirib boradi. 
Xalqning ijtimoiy hayotida ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar uning tilida
birinchi galda, lug‘at jamg‘armasida o‘z aksini topib boradi. Shu ma’noda 
so‘z va uning xususiyatlari haqida ma’lum bir tushunchalarga ega bo‘lish, 
nutqda so‘zlardan o‘rinli foydalana olish jonajon O‘zbekistonimizning 
kelajagi sanalgan Siz — yoshlar uchun nihoyatda muhim sanaladi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Тa’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi»da akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 
talabalarining o‘z fikrlarini yozma va og‘zaki ravishda emin-erkin bayon 
qila olishlari lozimligi qayta-qayta ta’kidlangan. 
Shunga asoslangan holda 2-bosqichda o‘zbek tili leksikologiyasi, 
lug‘atshunosligi, til uslublari, so‘z turkumlari va ularning xususiyatlari bilan 
tanishasiz. 
Asosiy maqsad — Sizlarni nuktadon, hozirjavob, so‘zga chechan avlod 
qilib tarbiyalashga qaratilgan. 
Тil olamiga xush kelibsiz, aziz talaba yoshlar! 
 
1-dars. O‘ТILGANLARNI ТAKRORLASH 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling