Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

1-mashq. She’rni badiiy o‘qish san’atiga rioya qilgan holda o‘qing va
yod oling. Unli va undosh tovushlarni aniqlab, ularga tavsif bering. 


O‘ZBEKISТON  
Oq yo‘rgakka o‘ragansan o‘zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o‘zing bizni,
Beshigimiz uzra bedor ona bo‘lib, 
Kunimizga yaragansan o‘zing bizni.
N a q a r o t 
Adoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!
Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston! 
Qalqoningmiz qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o‘g‘loningga.
Gulday o‘pib asragaymiz ostonangni,
Yovlar yaqin yo‘lolmagay qo‘rg‘oningga.
N a q a r o t 
Тuzing totib unutganlar xor bo‘ladi,
Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi.
Тinch kuningni ko‘rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft tuprog‘ingga zor bo‘ladi. 
N a q a r o t 
Muhammad Yusuf 
1.1. FONEТIKA  
Savol va topshiriqlar  
1. «Fonetika» deganda nimani tushunasiz?
2. Fonema va tovush munosabati qanday?
3. Harf va fonema munosabati haqida gapiring. 
4. Unli tovush deb qanday tovushlarga aytiladi? 
5. Undosh tovushlarni qaysi jihatlariga ko‘ra tavsif qilish mumkin? 


2-mashq. Fonetik usul bilan so‘zlar hosil qilinishini aniqlang, bunga siz 
ham misollar yozing (tovush o‘zgarishi, tovushlarning ikkilanishi, tovush 
tushib qolishi, tovushlarning o‘rin almashishi kabi hodisalarga e’tibor 
bering). 
Ko‘z-ko‘r, tun-kun, aka-uka, siq-suq; silamoq-siylamoq, qatiq-qattiq
taqa-taqqa, tog‘a-taqa, toshmoq-shoshmoq. 
3-mashq. 
Quyidagi 
so‘zlarni 
nutq 
tovushlarining 
o‘zgarish 
qonuniyatlariga ko‘ra izohlang. 
Avhol, dayra, turpoq, istadion, ustol, g‘ish, go‘sh, tralebus, tiraktr, 
direktir, paryot, aylanayin, damaz, kamputer. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling