2.2. ADABII ТIL SHAKLLARI
Dars maqsadi: o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini shakllantirish,
ularda shunday ko‘nikmalar hosil qilish.
R e j a:
* Adabiy til shakllari.
* Yozma adabiy til va uning turlari.
* Og‘zaki adabiy til va uning turlari.
Adabiy til yozma va og‘zaki shakllarga ega bo‘ladi.
Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvchi adabiy til
yozma adabiy til sanaladi.
Masalan, gazeta-jurnallar tili, ish qog‘ozlari tili va boshqalar.
Тovushlar vositasida og‘zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy
til shakliga og‘zaki adabiy til deyiladi.
Masalan, radio, televideniye orqali uzatiluvchi suxandon yoki jurnalist
nutqi va hokazolar.
Adabiy tilning rivojlanishida badiiy
asarlarning xizmati katta,
chunki
adabiy til me’yorlarining shakllanishida adabiyotning ta’siri kuchli bo‘ladi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan adabiy til bilan badiiy til bir narsa emas.
Badiiy tilda adabiy til bilan birgalikda turli shevalarga
yoki kasb-hunarga
mansub personajlar nutqi ham ishtirok etadi.
Masalan,
Odamlar aqlining chirog‘i bilim,
Balodan saqlanish yarog‘i bilim.
(Rudakiy)
Badiiy til (badiiy nutq), adabiy tilning og‘zaki so‘zlashuv uslubi,
publitsistik uslub, rasmiy uslub singari uslublardan biri, ya’ni badiiy uslub
sanaladi. Ko‘rinadiki, adabiy til badiiy tildan kengroq tushuncha bo‘lib,
badiiy tilni ham o‘z ichiga oladi.
Savol va topshiriqlar
1. Yozma adabiy til nima?
2. Og‘zaki adabiy til deganda nimani tushunasiz?
3. Badiiy til bilan adabiy til bir narsami?
4. Adabiy tilning qanday uslublarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: