SlideModel Free PowerPoint Templates
TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI
Download 274.37 Kb.
|
Диссертация Қодиров тақдимот
- Bu sahifa navigatsiya:
- TADQIQOTNING FARAZLARI TADQIQOT MAVZUSI BO‘YICHA ADABIYOTLAR SHARHI (TAHLILI)
TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI
1 2 3 4 Tadqiqotning asosiy masalalari: Ijtimoiy taraqqiyotda ma’naviyatning o‘rnini o‘rganishning nazariy metodologik asoslari aniqlangan; ijtimoiy taraqqiyogda ma’naviyatning yetakchilik mohiyati, uning shaxs ijtimoiylashuvidagi roli ko‘rsatilgan; fan, adabiyot va san’at, ta’lim tarbiyaning ijtimoiy taraqqiyot tizimida hamda ma’naviyat rivojidagi o‘rni qiyoslangan; ma’naviyatni shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, barkamol avlodni tarbiyalash va ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar ishlab chiqilgan. Dissertatsiyada muammoning aniq qo‘yilganligi, tadqiqotga madaniy-marifiy, diniy, tarixiy-adabiy manbalar jalb etilib, o‘zaro qiyooslangani, shu asosda ilmiy xulosalanganligi olingan natijalarining respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiya materiallari to‘plamlari, OAK ro‘yxatidagi maxsus jurnallar hamda nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar, nashr etilgan, savol-javob, intervyular, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilgani, vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan belgilanadi. TADQIQOTNING FARAZLARI TADQIQOT MAVZUSI BO‘YICHA ADABIYOTLAR SHARHI (TAHLILI) Mamlakatimiz ma’naviy hayotini yangi bosqichga ko‘tarish, resnublikamizda fuqarolik jamiyatini barpo etish va rivojlantirishga oid konseptual g‘oyalari mazkur tadqiqot uchuy ilmiy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma’naviyat bilan ijtimoiy taraqqiyot o‘rtasidagi dialektik aloqadorlik masalasi qadimdan jahon olimlari diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Ma’naviy qadriyatlar haqidagi dastlabki fundamental xulosalar zardushtiylikning asosiy manbai bo‘lgan “Avesto” tarixiy-yodgorligida ilgari surilgan bo‘lsa, keyinchalik Sharq-islom dunyoqarashi negizidagi buyuk allomalar Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiylarning bebaho asarlarida ma’naviy qarashlar o‘z ifodasini topgan. O‘zbekistonda ijtimoiy va ma’naviy hayot munosabatlari muammosi doirasida izlanishlar olib borgan yetuk olimlar qatorida E.Yusupov, J.Tuleyov, I.Karimov, T.Maxmudov, S.Otamurotov, I.Xo‘jamurodov, M.Nurmatovalarning asarlarini alohida qayd etish mumkin. Mustaqillik yillarida e’lon qilingan kitob va maqolalar, himoya qilingan dissertatsiyalarda bu masalaga oid qator fikrlar ilgari surilgan. Ushbu ilmiy izlanishlar va dissertatsiyalarda shaxs ijtimoiy faolligini oshirishda ma’naviy madaniyatning o‘rni, o‘ziga xosligi va funksiyalari ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ayrim izlanishlarda ma’naviyat, ma’naviy madaniyat, madaniyat tushunchalariga biryoqlama yondashuvlar ham kuzatiladi. Dissertatsiya mavzusini tanlash uchun ma’naviyat, ma’naviy madaniyat munosabatlaridagi o‘xshashlik o‘zaro yaqinlik va tafovutni anglash zarurati asos bo‘ldi. Madaniy merosimizni o‘rganishda vorislik kategoriyasi tamoyillariga amal qilish, jamiyat ma’naviyatini yangicha dunyoqarash negizida rivojlantirish, ilmiy-falsafiy o‘rganish ushbu tadkiqot oldida turgan maqsadlardan biridir. Dissertatsiyada kompleks yondashuv, tizimlilik, qiyosiy tahlil, taqqoslash, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, analogiya, induksiya va deduksiya, aksiomatik kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi. Download 274.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling