So-22-204 guruh talabasi Tagirova Mahliyoning “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi


Download 16.05 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi16.05 Kb.
#1620111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari

Ijtimoiylashuv agentlari

Insonning voyaga yetishida va shakllanishi jarayonida u bilan bevosita munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutadilar. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda “ijtimoiylashuv agentlari deb hаm nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turlicha buladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i va hamkasblari ham qushilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rniga, inson uchun ahamiyatiga qarab agentlar faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan agentlarga farqlanadi

Ijtimoiylashuv mexanizmlar

Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlaridan V. S. Muxina va A. V. Petrovskiylarning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltiriladi. Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko‘rsatish imkonini beradi: I. P. Podlasiy tasnifi bo‘yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat: Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmningtashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga bo‘linadi. G‘ayriixtiyoriy mexanizm unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning kengtarqalgan usulidir. Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson uzi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish mexanizmi, odatda, nizolarni hal qilishda kuzatiladi. O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi.

Ijtimoiylashuv omillari

Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham aniqlanmagan bo‘lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas. Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: Megaomillar (mega — eng katta) — kosmos, yer shari va planetar jarayonlar. Makroomillarga (makro — katta) — davlat, xalq, jamiyat, shuningdek, bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillar kiritiladi. Mezoomillar (mezo — o‘rta) — hudud va yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegish lili giga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvining shart-sharoitlari.


Download 16.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling