So-22-204 guruh talabasi Tagirova Mahliyoning “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi


Download 16.05 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi16.05 Kb.
#1620111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari

O‘smirlar va o‘sprinlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchisi, u umumiy jihatlarga ega bulib, turli mintaqa va yo‘nalishlarga ajraladi. Ikkinchi yo‘nalish esa yoshlar submadaniyatining g‘ayrimadaniyatlar ta’siriga bog‘limigi. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, biroq qabul qilingan xulq-atvor meyorlariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. G‘ayri ijtimoiy madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.

Ijyimoiy pedagogning tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishi.

Maktab ijtimoiy pedagogining asosiy muammosi tarbiyasi og‘ir o‘smirlar, ya’ni 12—16 yoshli o‘g‘il-qizlardir. Bu davr shaxs shakllanishi jarayonida nihoyatda, katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu davr tarbiyachilar uchun ham qiyin davrdir. O‘smirlik yoshida bolaning hayot sharoitlari va faoliyati ancha o‘zgaradi, ruhiyatining qayta shakllanishi ro‘y beradi, tengqurlari bilan muomala qilishning yangi shakllari paydo bo‘ladi. Jamoada o‘smirning ijtimoiy maqomida o‘zgarishlar ro‘y beradi, ota-onalar va ustozlar tomonidan unga talablar kuchayadi Bu yoshda o‘smirning vaqtinchalik oila va maktabda ruhiy ajralishi sodir bo‘lib, uning shakllanishida ota-onaning ahamiyati pasayadi. Odatda, o‘smir rasmiy jamoa va norasmiy muomala guruhini tanlash bilan band buladi va oxir oqibatda o‘zini qulay sezadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan guruhni tanlaydi. Bu sport yoki texnika tugaragi bulishi mumkin.

Ijtimoiy pedagog bunday bolalar bilan ish olib borishda yaxshi natijalarga erishish uchun bir qator shartlarni bajarishi lozim:

  • o‘smir bilan aloqa o‘rnatish;
  • o‘smir bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni o‘rnatish;
  • uning reaksiyasi, fikri, intilishlari, qiziqishlari. Kelajakdagi rejalarini o‘rganish

Bu borada psixolog A. B. Filonov tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya ham samarali hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogning o‘smir bilan aloqasining bir nechta bosqichlari ko‘rsatilgan

1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling