SO'Z QUDRATI HAQIDA DONOLAR O'GITI
Tabib bemorning sirini oshkor qilmasligi, o'ldiradigan dorilar bermasligi, har qanday yaramaslik va iflosliklardan uzoq bo'lishi, ayollarga xiyonat ko'zi bilan boqmasligi, beva va bechora hamda faqirlarni davolashga yumshoq til va shirin so'z bo'lishi kerak.
Buqrot
Ey quyosh yo'q sendek kezuvchi olam,
Menga ham yo'l ko'rsat, yo'lchiman men ham.
Muhabbat yo'lida ko'rdingmi bul kun,
Yuzi gardsiz, dili dardsiz bir odam?
Ibn Sino
Menga turkcha so'zlari yovvoyi tog' kiyigi kabi boldi. Shunga qaramay, ularni avaylab-asrab qo'lga o'rgatdim («Qutadg'u bilig»).
YusufXos Xojib
So'z joyu vaqtiga bo'lar ekan mos,
Sehru afsun uchun bo'lur asos.
Abdurahmon Jomiy
Ey oqil, so'zning kam bo'-oyog'i bor,
O'zga so'zga so'zing qistirma, zinhor,
Aqlu xush egasi, tadbirli inson
So'z boshlar suhbatdosh kim bo'Igan zamon.
Sa 'diy Sheroziy
Bor so'zni sanab tebranmasin til,
Ko'rib, o'ylab so'zla, keragini bil.
Uquvlini ko'rdim: oz-oz so'zladi,
Talay so'zladim deb o'kindi ko'p yil.
Yusuf Xos Xojib («Qutadg 'u biligu)
Berur ul o'likka jon so'zdin,
Tan aro kirgizur ravon so'zidin.
Do'stlaringiz bilan baham: |