So 'zning otasi
Download 490 Kb.
|
So 'zning otasi
Suqrot
Yaxshi gapirish, oddiy qilib aytganda, ovoz chiqara turib yaxshi o'ylash demakdir. E.Renan Shuni yodda tutingki, so'zlash qobiliyati hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasidir. N.Pirogov Amalda qo'llanilmadimi, har qanday va'z ham behuda va quruq bo'ladi-qo'yadi. Demosfen Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi. R.Emerson Notiqlikdan maqsad odamlarni ishontirishdir. EChesierfild Notiqning asosiy san'ati o'sha san'atini ko'zga tashlatmasligidir.
Til hammaga, donolik esa kamdan-kam odamga nasib etadi. K. Karon Mujmal gapirish har kimning qo'lidan keladi, ravshan gapirish esa ayrim kishilarga xos. G. Galiley Nutqlarida teranlik yetishmagan notiqlar bu nuqsonlarini ezmalik bilan to'ldiradilar. Sh.Monleske Nutqning kuchi oz so'z bilan ko'p ma'noni angiata olishda. Pluiarx Nutq san'atida ko'p gapirishdan ko'ra, lo'nda gapirish qiyin. I. Vinkelman Ko`nlingdagi niyatingnigina aytsang, hech vaqt ezma bo'lmaysan. E.Delakrua Yaxshi gap qisqa boisa, nur ustiga a'lo nur. B. Crasian Ma'qul gapirsang, hech qachon ko'p gapirmaysan. J.Renyar Buyuk aql egalariga oz so'zda ko'p ma'no berish xos bolgani singari, aqli kaltalar, aksincha, ko'p gapirib, tayinli bir narsa aytolmaydilar. F.Laroshfuko Notiqlik - javohirning o'zginasi, salmogiga qarab nur taratadi. L. Tolstoy So'zdagi aniqlik faqat uslub talabi, yaxshi dil talabigina bo'lib qolmay, balki eng avvalo ma'no talabidir: qayerdaki lanj gap bo'lsa, u yerda fikr ham sayoz bo'ladi. K.Fedin Notiqning eng ulug' fazilatlaridan bir zarur narsani aytishidagina emas, balki nozarur narsani aytmasligida hamdir. Sitseron Agar notiq gapirmoqchi bo'lgan narsasini mukammal bilmasa, notiqligi uch pul. Sitseron Nutq predmetni bilishdan kelib chiqmog'i va rivojlanmog'i lozim. Agar notiq uni qamrab ololmagan va o'rganmagan bo'lsa, har qancha notiqligi behuda. Sitseron Haqiqiy notiqlik aytilishi zarur bo'lgan jami narsani, faqat o'shani ayta bilishdir. F.Laroshfuko Ehtiyot boiib gapirish - notiqlikdan ham ustun. F.Bekon Ma'lumki, notiqlik har vaqt ham fikrlash bilan uyg'un kelavermaydi. S. Moem Gap kam joyda uning salmog'i ko'p. V.Shekspir Qisqalik tilni kuchaytiradi. R.Sauti Fikrning chuvalmasligi va, aksincha, uning erkin parvozi uchun lo'ndalik kerak. Goratsiy Katta nutqlar o'ta zerikarli va uiarni nihoyatda e'tiborsiz tinglaydilar. F.Bekon Agar uzayib ketsa, eng yaxshi nutq ham jonga tegadi. B.Paskal O'tkir fikr ortiqcha izoh talab qilmaydi: hammasi ravshan boigach, ortiqcha izohning nima hojati bor? Ezmalik kaltabinlik belgisi. Ma'nosidan so'zi ko'p va'z va xatlarning bari odamning kaltabinligini ko'rsatadi. A.Sumarokov Odam qanchalik yaxshi so'zlamasin, shuni unutmangki, u keragidan ortiq gapira boshlasa, pirovardida bema'ni gap aytadi. A.Dyuma (otasi) Oz so'z bilan o'rnida keltirilgan bir nechtagina misol fikrni nurlantirib yuboradi. salmog'i va qadrini oshiradi, ammo misollar va tafsilotlar ko'payib ketsa, u har doim nutqni bo'shashtiradi. L. Vovenarg Jimjimador gapirishdan saqlan. Til oddiy va go'zal bo'lsin. A.Chexov Oddiygina qilib, aniq aytish nuimkin bo'lmagan fikryo'q. A.Gersen Ravshanlik - tilning asosiy faziluti. Arastu To'ppa-to'g'ri, xotirjam aytilgan so'z - eng to'g'ri so'z. V.Shekspir Chiroyli gapirish odamga kuch, ammo bir zumgina ta'sir etadi. J.Russo So'z fikr ifodasi va shuning uchun ham u ifodalanayotgan fikrga mutanosib bo'lmog'i kerak.
So'z fikrni ifoda etadi: fikr ravshan bo'lmasa - so'z ham mujmal. V.Belinskiy Eng ajoyib fikr ham agar yomon ifodalansa, o'z qimmatini yo'qotadi, agar takrorlanaversa, odamni diqqinafas qiladi.
Fikr ravshanligi ifoda ravshanligini ta'minlaydi. G. Flober O'tkir so'z xuddi xatga tushganday, bolta bilan ham chopilmaydi. N.Gogol Nimani aniq tasavvur etolmasang, uni shu qadar chalkash gapirasan: noaniq va chalkash ifoda chalkash fikrning belgisi. N. Chernishevskiy Oddiygina gapirayotgan notiqqa taqlid etish avvaliga juda osonday tuyuladi, holbuki tajriba shuni ko'rsatadiki, aslida bundan qiyinroq narsa yo'q. Sitseron Miyalarida juda ko'p fikrlan boru, ammo gapga chechan bo'lmaganliklari tufayli so'zlay olmasliklarini ta'kidlaganlar hali o'zlarini uncha anglay olmagan kishilardir. M. Molt en Kishiga fikr kelsa, u ravshan gapiradi, lekin u fikrni singdirib olsa, yanada ravshanroq gapiradi. V. Belinskiy G'o'r fikrlarga tilingni xor etma va uni zinhor amalga oshirma. V.Shekspir Eng yaxshi til - tiyilgan til, eng yaxshi nutq - puxta o'ylangan nutq. L. Tolstoy So'z fikrni to'g'ri ifoda etsagina yaxshi; so'z charm qo'lqop kiyilganidek emas, balki badanning o'zidan o'sib chiqqan teridek bo'lsagina, fikrni to'g'ri ifodalaydi V. Ushinskiy Tez gapirgandan ko'ra o'ylab gapirish afzal. O'ylamay gapirish - mo'ljal olmay otish bilan baravar. M Servantes Agar sen bir gapirishdan avval, ikki bor o'ylasang, ikki karra yaxshi gapirasan. T.Pen Kimki ko'p fikrlasa, oz gapiradi, chunki u oz so'zga ko'p ma'no singdirishga harakat qiladi. U.Irvinch Ushbu qoidaga doimo amal qil: so'zlarga - ixchamlik, fikrlarga esa kenglik kerak. N.Nekrasov Qalam - eng yaxshi muallim, qalamdan chiqqan nutq hozirgina o'ylaganidan ko'ra yaxshiroqdir. Sitseron Aytadigan gap bo'lmagan chog'da doimo yomon gapiradilar. F. Volter Masalaning mohiyati avval o'ylab olinsa, gap quyilib kelaveradi. Javohir singari to'yinib nafas olguvchi fikrlarga so'zlar bo'yin egib keladi.
Fikr qancha go'zal bo'lsa, ibora ham shu qadar jarangdor. G. Flober Notiqlik - fikr naqqoshligi. B.Paskal Chiroyli gapirishdan ko'ra, o'rinli gapirish yaxshiroq. B.Grasman Ishonch bilan gapir, ana shunda so'z ham, tinglovchilarni mahliyo etish ham o'z-o'zidan kela qoladi.
Gap so'zda emas, ohangda, qaysi so'zning qanday talaffuz etilishida. V.Belinskiy So'zlovchining gapirish ohangi, ko'z qarashlari, butun qiyofasida ham notiqlik aks etadi, bu - so'z saralashdan kam narsa emas. F.Laroshfuko Go'zal ish - go'zal so'zdan a'lo. S.Smayh Aytilayotgan har bir so'z zamirida notiqning ruhiyati lfodalansagina ma'ruza nishonga tegadi; o'sha ruhiyatni uyg'otgan kuch, o'sha ma'naviy holat sezilib turadi.
Zehn tili, agar u yurakdan chiqsa o'z nishoniga tegadi. J.Russo Qalbdan chiqqan so'z qalbga yo'l soladi. Nizomiy Ruhiyat kuchi va ehtiros odamlarni notiqqa aylantiradi. Kvintillian Yaxshi notiq bo'laman degan odam dangalini aytadi. Samimiy nutq, may va muhabbat singari, ayni shunday samimiyat tug'diradi.
Ma'ruzachining odobi so'ziga qaraganda ko'p ishontiradi. P. Sir Isnodli ishlarni qiladiganlarning ko'pchiligi chiroyli gapiradi. Demokrit Vijdonsiz notiqlar yomonni yaxshi deb tushuntirishga harakat qiladilar. Aflotun So'zdan halol foydalanish kerak. N.Gogol Notiq odam sofdil bo'lmog'i zarur. U o'z notiqligini suiste'mol qilmasligi kerak. P. Ramus Odam tili bilan hayvondan ustun, ammo tildan nojoiz foydalansa hayvondan battar.
O'zgalarga biron narsa deyishdan avval, o'zingga aytib ko'r. Seneka Miyangga kelganini gapiraverishing shart emas, bu nodonlik bo'lur edi, lekin nimaniki gapirsang, bari dilingdagi fikringga mos tushmog'i lozim, aks holda ashaddiy yolg'onchilik qilgan bo'lasan.
Ma'ruza - ayollar ko'ylagi kabi hayoni saqlash uchun yetarlicha uzun va kishi diqqatini jalb qilar darajada qisqa bo'lgani yaxshi. Ye. Tareev Qani endi o'zini ziyoli deb hisoblagan har bir odam tilimizga kerakli bir so'z olib kirsa, unutilgan biror so'zimizni tiriltirib, lug'atlarimizga qo'shsa. Erkin Vohidov So'z so'zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Abdulla Qodiriy Til boyligi tafakkur boyligidir. Abdulla Qahhor Download 490 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling