So 'zning otasi


Alisher Navoiy hikmatlari


Download 490 Kb.
bet58/61
Sana06.11.2021
Hajmi490 Kb.
#170998
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
So 'zning otasi

Alisher Navoiy hikmatlari

Tan kasalining asosi ko'p yemakdir, qalb kasalining sababi ko'p demakdir.

Tiling birla ko'nglingni bir tut.

So'zni ko'ngilda pishkormaguncha tilga keltirma,

Har nekim ko'ngulda bor- tilga surma.

Ko'ngul durji ichrj guhar so'z durur,

Boshar gulshanida samar so'z durur.

Oqil chin so'zdin o'zgani demas.

Ammo barcha chinni ham demak - oqil ishi emas.

Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz.

Og'izga kelganni demak nodonning ishi.

Og'izga kelganni yemak hayvonning ishi.

Insonning to'g'ri so'zlilik fazilati - uning najotkoridir.

Til ildomidin bo'Iur g'aromat hosil,

Yuznav' nadomatu malomat hosil,

Oz so'zlaganidin istiqomat hosil,

Sokitligidin vale salomat hosil.

Chun sinsa ko'ngul zahmi zabon og'rig'idin,

Kim, ermas aning og'rig'i jon og'rig'idin.

Har neki sanga yetar lison (til) og'rig'idir.

Bilgilki, qatiq durur sinon (tana) og'rig'idin.

limning darajasi - sifatidadir.

Ko'p toatdan oz ma'rifat yaxshi.

Chin so'z mo`tabar, yaxshi so'z muxtasar.

Kam so'z ila elga o'limdan najot,

Kam so'z ila topib o'lik tan hayot.


So'z zohir zamir ishi ko'pragidin,

Til muxbir erur ko'ngul nikon emgagidin,

Fahm ayla kishi holini so'z demagidin,

Kim berdi xabar hadisi ko'nglidagidin.

(‘’Nazmul-javohir’’, 41-bet)

Kishining so'zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi:

Odamki demak birla hiromiydiri bas,

So'z durri ishining intizomidum bas,

Sihhat onchaki, ahli aql komiduru bas,

Aqlig'a dalil aning kalomiduru bas.

(«Nazmul-javohir», 25-bet)

So'zlaganda diling bilan tiling bir bo'lsin, chunki dildagi tilga chiqadi:

Haq seni sevgay el bila bo'lsang,

Tilu ko'nglungni bir qilib birro'y,



Nuqta sursang shukuftau xandon,

Zist qilsang, kushodou xushro'y.

(«Arbain», 59-bet)

Demonkim ko'ngli poku ham ko'zi pok,

Tili poku so'zi poku o'zi pok.

(«Xamsa», 175-bet)

Tilki fasih va dilpazir bo'lg'ay - ho'broq bo'lg'ay.

Agar ko'ngul bila bir bo'lg'ay.

(«Mahbubul-qulub», 60-bet)

Xushmuomala, shirinso'z bo'l. Tiling bilan kishilarga ozor berma:

Har kimki chuchuk so'z elga izhor aylar,

Har neki ag'yor durur yor aylar,

So'z qattig'i el ko'ngliga ozor aylar,

Yumshog'i ko'ngullarni giriftor aylar.

(«Nazmul-javohir», 43-bet)
Chin to'g'ri so'zla, nutqingda halol bo'l. Yolg'on so'z baxtsizlik keltiradi. Chin so'z mo'tabar, yaxshi so'z muxtasar... So'zki fasohat zevaridin muayyan emasdur, ancha chinlik zevari basdur. Yolg'onchi har necha so'zida fasihroq, so'zi qabih.

(«Mahbubul-qulub». 63-bet)

Xiradmand chin so'zdin o'zga demas.

Vale bari chin ham deguluk emas,

Kishi chinda so'z desa zebo, durur,

Necha muxtasar bo'lsa avlo durur.

(«Mahbubul-qulub», 83-bet)

Yaxshi, ezgu so'z (nutq) kishiga obro', baxt keltiradi. Ezgu so'zli bo'l:

Kim istasa mazhari karomat bo'lmoq,

Har nav' ishda istiqomat bo'lmoq,

So'zdir anga mujibi g'aromat bo'lmoq.

Til zabtidadur anga salomat bo'lmoq.

(«Nazmul-javohir», 30-bet)

Tildan tuhmat uchun foydalanma. Tuhmatchidan qoch, undan nafratlan:

Birovkim yolg'on so'zni birovg'a bog'lag'ay, o'z qaro bo'lg'on yuzin yog'lag'ay.

Kabira gunohdur-oz so'z kamki o'trukdur, zahra gunohdur-oz so'z

Hamki o'trukdur, zahri muhlikdur - agarchi miqdori o'ksukdur.

(«Mahbubul-qulub», 61-bet)

El aybini ayturg'a birovkim uzotur til,

O'z aybini fosh aylagali til uzotur bil.

(«Mahbubul-qulub», 66-bet)

Tilingni tiy. Ko'p so'z, ezma va vaysaqi bo'lma.

Bu zararlidir.

Befoyda so'zni ko'p aytma va foydalig' so'zni ko'p eshiturdin qaytma.

Oz degan oz yanchilur, oz yegan oz yiqilur.

(«Mahbubul-qo'lub», 82-bet)

So'zlaganda sharoitni, suhbatdoshingni hisobga ol, beo'rin so'z aytma «...Zolim va bedard suhbatida nuqta surma, nammom va nomard muloyamatida dam urma. Dono ilikdin borg'ondin so'z aytmas, o'tgan yigitlik orzu bilan qaytmas. («Mahbubul-qulub», 84-bet)

Bo'shog'iz bo'lma, suhbat sirlarini saqlashga o'rgan:

Qaysi majlisdakim eshitsang so'z,

Bilgil ul so'z sanga omonatdur,

Gar ani o'zga yerga naql etsang,

Ul omonatg'a bu xiyonatdur.



Uch yuz Ko'hi-Qofrri kelida tuymoq,

Mag'ribdan Mashriqqa yeldek yugurmoq

Yoinki zamonda yuz yil yolg'iz yasbamoq,

Nodon suhbatidan yaxshiroq.


Download 490 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling