So 'zning otasi
Download 490 Kb.
|
So 'zning otasi
Pahlavon Mahmud
Til ham ong singari qadimiydir Donolar bisotidan Til odamga o'z manfaatlarini qondirish uchun emas, aksincha, fikr-o'yi, tuyg'ular, o'zidagi haqiqat va ilhom uchqunlarini ifodalash va o'zgalarga in'om etish uchun berilgan. V.Korolenko Qanchalik so'z boyligim ko'p bo'lsa, boshqalarga shu qadar foydaliman, ta'sir doiram, e'tiborim shu qadar keng. L.Feyerbax Har qanday xalqning urf odatlarini bilay desang, avvalo uning tilini bilishga urin. Pifagor Ko'p tilni bilish - bitta qulfga tushadigan bir nechta kalitga ega bo'lish degan gap. F. Voter Kimki o'zga tillarni bilmasa, o'z tilini ham yaxshi tushunmaydi. I.Gyote Til boyligi tafakkur boyligidir. N.Karamzin Til madaniyat bilan yuksaladi. A.Tolstoy Til - tafakkur quroli... Tilga pala-partish munosabat - pala-partish, noaniq, taxminiy, ehtimol bilan fikrlash demakdir. Tildagi ravshanlik ravshan fikr natijasidir, ravshan fikr, turgan gapki, ravshan ifodani talab etadi. V.Libknext So'zdagi noaniqlik, shubhasiz fikr noaniqligining alomati. L. Tolstoy Xalq tiliga yaqin bo'ling, ikki-uch so'z jonli tasvir etuvi, oddiylik, qisqalik, teranlikni izlang. A.Qahhor Xalq tili hamisha milliy ruh bilan chambarchas bog'langan. V.Gumbold Til - millatning qalbi. Til g'oya, tuyg'u, tafakkurning jonli mujassamidir. Talaffuz - tilning joni, u tilga faqat tuyg'ugina emas, dalillik ham baxsh etadi. J.Russo Chet so'zlarni, ayniqsa, zaruratsiz qabul qilish tilni boyitmaydi, aksincha buzadi. A.Sumarokov Til vatanparvar uchun muhim. N.Karamzin O'z tiliga munosabatiga qarab turib, har bir odamning madaniy darajasinigina emas, balki uning fuqarolik qadr-qimmatini ham aniq aytib bersa bo'ladi.
Til - bu xalqning tarixi. Til - bu taraqqiyot va madaniyat bosib o'tganyo'l. A.Kuprin So'z - hayotning buyuk quroli. V.Korolenko So'z bilan ifodalangan har qanday fikr ta'sir kolami tugamaydigan kuchdir. L. Tolstoy Til - eng xatarli qurol: so'z yarasidan ko'ra tig' yarasini davolash oson. P.Kalderon So'z sehridan kuchliroq so'z yo'q. A.Frans Yoqimli so'z - ajib mo"jizalar doyasi. A.Qahhor So'z - buyuk narsa: u bilan odamlarni birlashtirish yoki bir-birlari bilan yuz ko'rmas qilib yuborish mumkiri, so'z bilan mehr qozonish, so'z bilan nafrat va adovatga yo'liqisn mumkin. Odamlarni bir-biridan ajratadigan so'zni aytishdan saltan. L. Tolstoy Har qanday benatija so'z bcma'ni va quruq bo'ladi. Demosfen So'zaytishdan awaL har daqiqada so'zortidan kcladigan oqibatni o'yla. I.Pavlov So'z - gul, ish - meva. Al-Xorazmiy So'z - shamolga qarab uchadigan o'yinchoq pufak emas. U ish quroli: u ma'lum darajadagi og'irlikni ko'tarib turmog'i lozim. O'zgalar kayfiyatini qanchalik rom etishi va o'zgartirishiga qarabgina biz so'zning ahamiyatini va kuchini baholashimiz mumkin.
Til boyligi va notiqlik san'ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan. A.Chexov Til - bamisoli cholg'u asbobi: ehtimol g'ijjakdan ham nozik va murakkabdir. Yana shuni aytish lozimki, til ham, g'ijjak ham yuzaki bilishga toqat qilmaydi. Oybek Gapiraman desang, ikki holatda - aytmoqchi bo'lganingni atroflicha o'ylab olgach yoki bir narsani aytish zaruriyati tug'ilsagina gapir: faqat shu ikki holatda sukut saqlashdan ko'ra gapirgan ma'qul, boshqa paytda esa indamagan afzal. Download 490 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling