Sodda gaplarning murakkablashuvi Filologiya fanlari doktori, professor


Download 19.47 Kb.
bet2/6
Sana02.06.2024
Hajmi19.47 Kb.
#1838388
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma\'ruza HOAT (2)

Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchisi deyiladi. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda gap kengaytiruvchisi, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so’z kengaytiruvchisi ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni

  • a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari;
  • b) ajratilgan so’z kengaytiruvchilari
  • ko’rinishida ikkiga bo’lib o’rganish mumkin.

Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o’ziga xos. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi: traktorchi Toshpo’lat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo’raev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo’lsa, u ham shunday mavqega ega bo’ladi. Masalan, Traktorchi Toshpo’lat aka smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorchi) ega (Toshpo’lat aka) ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo’qoladi va o’zi ham egaga aylanadi. Toshpo’lat aka, traktorchi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorchi so’zshakli o’rni o’zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gapning konsruktiv bo’lagi – ega) olganligini izohlanmish (Toshpo’lat aka) ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo’laklari vazifasiga qo’yish bilan amin bo’lish mumkin:

  • Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o’ziga xos. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi: traktorchi Toshpo’lat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo’raev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo’lsa, u ham shunday mavqega ega bo’ladi. Masalan, Traktorchi Toshpo’lat aka smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorchi) ega (Toshpo’lat aka) ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo’qoladi va o’zi ham egaga aylanadi. Toshpo’lat aka, traktorchi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorchi so’zshakli o’rni o’zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gapning konsruktiv bo’lagi – ega) olganligini izohlanmish (Toshpo’lat aka) ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo’laklari vazifasiga qo’yish bilan amin bo’lish mumkin:

Bu kishi – Toshpo’lat aka, traktorchi.
Toshpo’lat akani, traktorchini, taniyman
Toshpo’latning, traktorchining, obro’yi baland, hurmati joyida
Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo’lmish traktorchi kesim, ikkinchi gapda to’ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi vazifasida kelgan. Demak, bunday holda ajratilish natijasida izohlovchi o’z sifatini o’zgartiradi..
.

Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling