Ajratilgan sifatlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan keyinga o’tadi: - Ajratilgan sifatlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan keyinga o’tadi:
- 1. Ipaklari tillodan do’ppi tikdim - Do’ppi tikdim, ipaklari tillodan.
- 2. Yalang oyoq Qobil bobo dag’-dag’ titraydi - Qobil bobo, yalang oyoq, dag’-dag’ titraydi.
-
Ajratilgan ega. Izohlovchi ta’kidlanganda, ajratilgan egaga aylanadi:
- Dotsent Jumaev Tursunali ilmiy safarga jo’nadi.
2. Jumaev Tursunali, dotsent, ilmiy safarga jo’nadi.
- Kapitan Xudoynazarov so’z oldi.
- Xudoynazarov, kapitan, so’z oldi.
Ajratilgan hol. Bunda gapning bo’lagi ma’nosi juda ham aniq bo’lmagan, umumiy so’zshakl bilan ifodalanadi. Ajratilgan holning ma’nosi nisbatan muayyan va tor bo’ladi: Qishda, chillada, bo’rilar odamga ham hamla qiladi. - Ajratilgan hol. Bunda gapning bo’lagi ma’nosi juda ham aniq bo’lmagan, umumiy so’zshakl bilan ifodalanadi. Ajratilgan holning ma’nosi nisbatan muayyan va tor bo’ladi: Qishda, chillada, bo’rilar odamga ham hamla qiladi.
- Ajratilgan to’ldiruvchi. Ajratilgan to’ldiruvchi odatdagi to’ldiruvchining - olmoshning ma’nosini izohlaydi: Kecha kunduz seni, vafodorimni, o’ylayman.
kesim: Siz aqlli va tadbirkorsiz.
ega: Go’yo Navoiy va Boyqaro qarshimda edi
to’ldiruvchi: U qalam, daftar, ruchka oldi.
aniqlovchi: Nasibaning va Karimaning opalari keldi.
Gap o’zaro teng bog’lanishga ega so’zlar bilan ham kengayishi mumkin. Uyushgan bo‘laklar bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bog‘lovchilar yoki sanash intonatsiyasi yordamida birikadilar. Bunday so’zshakl uyushiq so’zshakl deyiladi. Tenglanish qatori gapda har qanday sintaktik mavqeni egallashi mumkin:
undalma: Aziz do’stlar, yurtdoshlar, sizlarni sog’inib yashadim.
hol: Suv o’ynoqlab, ko’piklanib oqardi
Do'stlaringiz bilan baham: |