Sodda gaplarning murakkablashuvi Filologiya fanlari doktori, professor
Download 19.47 Kb.
|
7-ma\'ruza HOAT (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiritma qurilma.
04
Kiritma qurilma. Kiritma qurilma gap holatida bo’lib, nutqda gapdan anglashilayotgan fikrga qo’shimcha tariqasidagi yangi fikrni bayon etish vositasi. Kiritma kirish gapdan o’zining gaplik mohiyatiga to’la egaligi (kirish gap garchi shaklan gap tarzida bo’lsa-da, ko’proq kirish so’z tabiatiga ega bo’ladi), asosiy gap bilan mazmuniy bog’liklikning o’ziga xosligi bilan ajralib turadi: Buvamga (hamma band bo’lganligi uchun) men qarashib turadigan bo’ldim. Bu gapdagi hamma band bo’lganligi uchun qurilmasi kiritma gap bo’lib, u asosiy gap bilan grammatik jihatdan bog’lanmasa-da, mazmunan undan anglashilgan voqea/hodisaning sababini bildirib, mazmunan qo’shma gapda bo’lgani kabi izohlash vazifasini o’tamoqda. Kiritma gapning nisbiy mustaqilligi gap ohangidan ham anglashilib turadi.
Kiritma gapning yana bir xususiyati uning yig’iq (kesimdangina iborat) bo’lmasligi: 1. Yalpiz (cho’l yalpizini aytganim yo’q) oshga solinadi. 2. O’sha yosh bolani (u ota-onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. CHunki, birinchidan, fikr qo’shimcha bo’lsa-da, u muhim, shu boisdan, odatda, uni faqat kesim bilan berishning imkoni yo’q. Ikkinchidan, kiritma bir so’z bilan berilsa, u ajratilgan bo’lakka aylanib qoladi: Onam (o’gay) meni ko’p urishardi. Bunday ko’rinishdagi ajratilgan bo’lak ba’zi darslik va qo’llanmada kiritma gap sifatida talqin qilinadi. Aslida Otam (o’gay) qazo qildi gapida o’gay birligi ajratilgan aniqlovchi (Bayroq, havo rang, hilpiramoqda gapidagi kabi).
Rasmlar asosida og‘zaki yoki yozma tarzda fikrlaringizni bayon eting.
Download 19.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling