Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш
Tug'ruqdan keyin BIVni qo'llash
Download 330.73 Kb.
|
dom.rod
Tug'ruqdan keyin BIVni qo'llash.
BIV ayollarda fiziologik, asoratsiz'tug'ruqdan keyin, bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati saqlangan va bachadondan qon ketish xavfi bo'lmagan taqdirda qo'llanadi. BIVni tug'ruqdan keyin qo'l bilan kiritib qo'yish har jihatdan xavfsiz, bachadon teshilishi yoki infeksiya tushishi va qon ketishi xavfini cheklab o'tadigan qulay usul hisoblanadi. Bunday usulni qo'llashda, aseptika va antiseptika qonun-qoidalariga qat'iy rioya etilsa ko'ngilsiz voqealar sodir bo'lmaydi. Lekin bu usulni qo'llashda BIVning o'z-o'zidan tushib ketish hollari ko'proq uchraydi. Bu esa usulning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Agar quyidagilarga amal qilinsa, BIVning o'z-o'zidan tushib ketish ehtimoli kamayadi: •BIV ni tug'ruqdan keyingi 10 daqiqa ichida qo'yilishi; •Bachadon bo'shlig'i qo'l bilan qon laxtalaridan yaxshilab tozalanishi; •BIV ni bevosita qo'l bilan kiritilishi; •BIV ni bachadon bo'shlig'i tubiga olib borib joylashtirilishi; •BIVni kiritilishi bilan bachadon muskullarini qisqartiruvchi dorilar (metilergometrin, oksitosin yoki boshqalar)ning in'eksiya qilinishi. BIV o'z-o'zidan tushib ketish xavfi yuqori bo'lishiga qaramasdan homiladorlikdan saqlanish samarasi boshqa usullardan kam emas. Kuzatishlarga qaraganda, bu usul, qolganlariga nisbatan samaraliroqdir. Ко 'ngilsiz hodisalar va asoratlar: qon ketishi, uning oqibatida kamqonlik kelib chiqishi; og'riq bo'lishi; o'z-o'zidan tushib ketishi; BIVning ipi yo'qolib qolishi; bachadon ichida BIV bo'lishiga qaramasdan homilador bo'lib qolish; bachadonni teshib o'tishi, bachadon devoriga yopishib qolishi; kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklarini keltirib chiqarishi kabi ko'ngilsiz hodisa va asoratlar uchrashi mumkin. BIVni qo'llashda talab etiladigan ehtiyot choralari: BIVni homiladorlik vaqtida qo'llab bo'lmaydi. Agar homiladorlik aniq bo'lib, uni saqlab qolish istagi bo'lsa, unda BIVni olib tashlash kerak. Agar homiladorlik bor-yo'qligini aniqlash qiyin bo'lsa, BIVni qo'yishni navbatdagi hayzga qadar qoldirish, ungacha boshqa usuldan (prezervativ) foydalanib turish tavsiya etiladi. Qindan sababsiz qon ketishi. Qindan qon ketishning sabablarini aniqlamasdan u ayolga BIVni qo'yib bo'lmaydi. Jinsiy a'zolar yallig'lanish kasalliklari bo'lgan ayollarga BIVni qo'yish ruxsat etilmaydi. Agar JAYaKlari bundan 3 oy oldin bo'lib, yaxshi davolangan bo'lsa, qinning tozalik darajasi talabga javob bergan taqdirda qo'llash mumkin; Qindan yiringli chiqindilar kelib turgan paytda ham BIV qo'yish man etiladi. Bachadon shakli o'zgargan (deformatsiya) hollarda, bachadondan turli xildagi fibromiomalar o'sib chiqib, bachadon bo'shlig'i shak-lini o'zgartirsa yoki bachadonning taraqqiyot holatida nuqsonlari bo'lgan ayollarga ham BIVni qo'llab bo'lmaydi; Bachadonda trofoblast o'smalar (xoreon epitelioma) bo'lganda BIVni qo'llash cheklanadi. Chanoq a'zolarida sil kasalligi bo'lsa. Jinsiy a'zolarda xavfli (rak) o'smalari bo'lsa, BIV qo'llanmaydi; Bir necha jinsiy juftlar bilan birga bo'ladigan ayollarga ham qo'llash mumkin emas. BIVni qo 'llashdagi ba 'zi muammolar: bachadon bo'yni (servikal) kanalining torligi (stenoz). Bunday muammosi bo'lgan ayollarga BIVdan foydalanishni istasa, mahalliy anesteziya yordamida servikal kanallarini kengaytirib, BIVni o'rnatish uchun ixtisoslashtirilgan muassasaga yo'llanma berish zarur; kamqonlik mavjud bo'lgan ayollarda, faqat boshqa usullarni qo'llab bo'lmaydigan hollarda mumkin. BIVni qo'yish bilan bir vaqtda kamqonlikni ham davolash lozim; hayzning og'riqli kelishi hollarida homiladorlikdan saqlanish-ning boshqa usullarini tavsiya etishga to'g'ri keladi; oddiy qin infeksiyasi (kandidoz yoki bakterial vaginoz) hollarida uni yaxshi davolash zarur; davolagandan keyin obdon tekshirib ko'rib, infeksiya yo'qligiga ishonch hosil qilgandan keyingina BIV qo'yiladi. BIVning nojo'ya ta'siri. Amenoreya. Oxirgi hayz qachon bo'lganligi, BIV ipchalari qachon tekshirib ko'rilganligi, homiladorlikka ishora qiluvchi belgilar bor-yo'qligi ayoldan surishtirilib, ularni ginekologik ko'rikdan o'tkazish lozim. Agar ayolning yoshi 45 dan oshgan bo'lsa, amenoreya menopauza bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Agar homila-dorlik tasdiqlanmasa, BIVni olib tashlamasdan ayolni tinchlantirishga to'g'ri keladi. Mabodo ayol homilador bo'lsa-yu, uning muddati 13 haftadan kam bo'lsa, BIVni olib tashlash va homilani ham tushirish maqsadga muvofiqdir. Agar homiladorlik muddati 13 haftadan oshgan bo'lsa, uning ipchalari ko'rinmasa, unday hollarda BIVni olishga urinmaslik kerak. Tartibsiz qon ketishi. Bunday hollarda qorin va chanoq sohasi atroflicha tekshirib ko'riladi, bachadon, bachadon ortiqlari hajmi (ular kattalashganmi yo'qmi), chanoq a'zolarida infeksiya yo'qligi aniqlanadi. Agar bachadondan tashqaridagi homiladorlikka shubha bo'lsa, ayolni ixtisoslashgan shifoxonaga yo'llash zarur. Uzoq muddatli, kuchli qon ketishi. Bunday hollarda ginekologik ko'rik o'tkazilib, bachadondagi yoki undan tashqarida homiladorlik va homilaning o'z-o'zidan tushishi, qin chanoq infeksiyasi ehtimollari yuzasidan aniqlik kiritilishi lozim. Agar tekshirish vaqtida yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlan-masa, qon ketish oralig'i 3 haftadan kam bo'lsa, anovulyatsiya bo'lishi, agar 6 haftadan ziyod bo'lsa, ovulyatsiyaning kechikishidan darak beradi. Bunday hollarda ayolga qonni ko'paytiruvchi dorilar tavsiya etiladi, ginekolog shifokorga murojaat etib, tegishli davo choralarini ko'rish zarur bo'ladi. Agar, BIVdan 3 oydan ortiq vaqt davomida foydalanilganda ham qon ketish davom etaversa, uni olib tashlashga to'g'ri keladi. To 'Ig'oqsimon og'riqlar bo'lishi kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatda chanoq va qorin sohasidagi a'zolar ko'rikdan o'tkazilib, JAYaKlar yoki boshqa sabablar bor-yo'qligi aniqlanadi. Agar og'riq yaqin orada paydo bo'lgan bo'lib, kuchayaversa va JAYaK aniqlansa, BIV olib tashlanib, tegishli davolash ishlari boshlanadi. Agar sababsiz og'riq bo'lsa, og'riqni qoldiruvchi dorilar beriladi, ayol tinchlantiriladi. Erkaklar tomonidan ipchalarni sezish haqida shikoyat bo'lishi mumkin. Bunday paytda BIV siljimaganligi, bachadon bo'shlig'ida to'g'ri joylashganligiga ishonch hosil qilish uchun tekshiruv o'tkaziladi. Ipchalarni kaltaroq qilib kesib qo'yishga to'g'ri keladi. Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling