Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш
Download 330.73 Kb.
|
dom.rod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bachadon ichi vositalari (biv)ning tuzilishi.
Implantlar. Sof progestinli kontraseptivlarning yana bir turi teri ostiga tikib qo'yiladigan progestin singdirilgan plastmassa, silikon kapsulalari — implantlar hisoblanadi. Implantlar 6 ta bo'lib, uzunligi 34 mm, diametri 2,5 mm bo'lgan kapsulalardan iborat. Uning sotuvdagi nomi Norplant bo'lib, unga levonorgestrel gormoni singdirilgan.
Norplant teri ostiga maxsus troakar yordamida mahalliy anesteziyadan keyin, chap bilakning ichki yuzasiga kiritiladi. Implant qo'yilgan joy tashqaridan uncha ko'zga tashlanmaydi. Implantlar ikki xil bo'lib, uning Norplant deb ataluvchi turi eng yuqori samaradorligi bilan mashhurdir. Kontraseptiv ta'siri 5 yil davom etadi. Ikkinchi turi Kapronor, bunga ham levonorgestrel singdirilgan bo'lib, uning ta'sir muddati 18 oygacha. Ta'sir mexanizmi: ovulyatsiyani so'ndiradi; bachadon bo'yni shillig'ini quyuqlashtiradi va natijada spermatozoidlarning bachadon bo'shlig'iga qarab ilgarilama harakatiga to'sqinlik qiladi; endometriyda atrofik o'zgarishlar chaqiradi; sariq tanachaning vaqtidan oldin yetilishiga sabab bo'ladi. Samaradorligi. Bir yil davomida qo'llab kelayotgan har 100 ayolning 0,2 nafarida homiladorlik bo'lishi xavfi tug'ilishi mumkin. Norplant juda yuqori samara beradigan, bir marotaba qo'llanganda 5 yilgacha kontraseptik xususiyatini o'zida saqlaydigan, jinsiy aloqa bilan butunlay bog'liq bo'lmagan implant hisoblanadi. Ayollar uni ishlatishni xohlamasalar, istagan paytlarida olib tashlashlari mumkin. Lekin bu usulni qo'llagan ayollarda uning kosmetik jihatdan noqu-layligi, hayz siklidagi jiddiy o'zgarishlar (hayz oralig'ining uzayishi, ba'zan menstruatsiya oralig'ida qon ketishi yoki butunlay hayz siklining to'xtab qolishi — amenoreya holati), norplantni kiritish va olib tashlashdagi noqulayliklar ko'pchilik ayollarni implant qo'llashdan bosh tortishiga sabab bo'ladi. Norplant 1988 yilning oxiriga kelib Finlandiya, Shvetsiya, Xitoy, Indoneziya, Tayland kabi ja'mi 12 mamalakatda qo'llab-quvvatlangan. 1993 yili AQSh da ham bu usul keng targ'ib qilindi. Sobiq ittifoqda, hozirgi Millatlar hamdo'stligi mamlakatlarida faqat ilmiy izlanishlar maqsadida foydalaniladi. Shu sababdan bu usul haqida batafsil ma'lumot berilmadi. 6.Bachadon ichi vositalari (biv)ning tuzilishi. Bachadon ichi vositalari qadimdan qo'llanib kelingan bo'lsa-da, u haqdagi birinchi yozma ma'lumot 1909 yilda Rixter tomonidan (ipak qurti ichagidan tayyorlangan xalqani bachadon ichiga kiritish yo'li bilan homiladorlikdan saqlanish to'g'risida) keltirilgan. Та 'sir mexaniztni. BIVning kontraseptiv xususiyatlari, uning tuxum hujayra tomon harakatlanuvchi spermatozoidga, urug'lanish jarayoni va bevosita bachadonga payvandlanishga ko'rsatadigan ta'siriga asoslangan. Bachadon ichi kontraseptivlarining ta'sir mexanizmini taxminiy umumlashtirish hamda quyidagicha xulosa qilish mumkin: smermatozoidlarga ta'siri — ularning intiluvchan harakatini to'xtatib qo'yib, fallopev naylariga yetib borishga to'sqinlik qiladi; urug'langan tuxum hujayraga ta'siri — urug'langan tuxum hujayrani fallopev naylaridan o'tib, bachadon bo'shlig'iga tushishini tezlashtiradi; urchishga ta'siri — tuxum hujayraning urug'lanishini to'xtatib qo'yadi; payvandlanishga ta'siri — bachadon bo'shlig'idagi yot jism sifatida uning shilliq qavatida aseptik yallig'lanish chaqirib, urug'langan tuxum hujayraning payvandlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, endometriyni qitiqlab, payvandlangan tuxum hujayraning ko'chib tushishiga sabab bo'ladi; endometriyga ta'siri — bachadonning shilliq qavati uzoq muddat davomida BIV ta'sirida gipotrofiyaga uchrab, otalangan tuxum hujayrani qabul qilolmay qolishi mumkin. Bachadon ichi vositalarining turlari. Asosan ikki xil turi mavjud: Neytral (xolis, dorivorsiz). Dorivor vositali. Dori vositali BIV tarkibida mis, kumush, oltin, progesterone yoki boshqa xil progestinli preparatlar bo'ladi. Ularni BIVga sing-dirishdan asosiy maqsad, usulning samaradorligini oshirish va organizmga zararli ta'sirini kamaytirishdan iborat. Quyida eng kengroq qo'llanadigan BIVdan namunalar keltiriladi. Lipps ilmog'i. Bu neytral BIVga kiradi. 4 xil o'lchamda eng kichik — A dan to katta o'lchamgacha bo'ladi va steril, yaxshi o'ralgan holatda sotiladi. Sterillanmagan bo'lsa, spiralni qo'yishda 30 daqiqa davomida yodli betadin eritmasi yoki benzolkoniumli antiseptik eritmada saqlanadi, so'ng ishlatiladi. Lipps ilmog'i bachadon bo'shlig'iga maxsus sterjen yordamida kiritiladi. Xalqasimon BIV. Bu xildagi vositalar zanglamaydigan metaldan bir gajakli (irmoqli) qilib tayyorlanadi. Ular asosan Xitoyda keng qo'llanadi. Urmog'ining diametri 18 dan 24 mm gacha bo'ladi. Bachadon bo'shlig'ining uzunligiga qarab kerakli o'lchamdagisi tanlab qo'yiladi. Keyingi yillarda Xitoyda ikki gajakli, zanglamaydigan metalldan tayyorlanadigan BIV — Maxua xalqasi ko'p qo'llanmoqda. Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling