Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш
Download 330.73 Kb.
|
dom.rod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayollar ixtiyoriy jarrohlik kontrasepsiyasi (UK).
Copper-T 380 A. Hozirgi davrda keng tarqalgan BIV dan hisoblanadi. Steril, o'ralgan holatda chiqariladi. Tik holatdagi plastmassa o'zak mis bilan qoplangan. Bu spirallar bachadonga kiritilishidan 5 daqiqa avval maxsus o'tkazuvchi shprisga joylanadi va bachadon bo'shlig'i tubigacha kiritilib joylashtiriladi, so'ng o'tkazgich chiqarib olinadi.
Boshqa holdagi spirallarga nisbatan kontraseptivning samarasi ko'proq, o'rtacha 5 yil, ba'zan 10 yilgacha ham ta'sirini yo'qotmaydi. Keyingi 10 yillikda KJUni qo'llashda mahalliy anesteziyadan (og'riqsizlantirish) keng foydalanish va jarrohlik texnikasi takomillashib, bu muolajani malakali mutaxassislar amalga oshirayotganligi, unga bo'lgan ishonchni oshirdi. Chilla davrida tajribali shifokor tomonidan mahalliy anesteziya va takomillashgan asbob yordamida (terini kichikroq kesish orqali) KJU amalga oshirilsa, tuqqan ayolni tug'ruqxonada bo'lishi odatdagidan ko'p bo'lmaydi. Qovuq ustidan ozgina kesib, qorin bo'shlig'iga kirish (minilaporatomiya) operatsiyasini tug'ruqdan keyin 4 hafta yoki ko'proq vaqt ichida ambulatoriya sharoitida ham bajarsa bo'laveradi. Vazektomiya ayollar sterilizatsiyasiga qaraganda eng oson, eng arzon va eng ishonchli usulligicha qolsa ham, KJU ayollarda kengroq tarqalgan. Наг qanday sharoitda ham KJUning qaysi turini qo'llashni oilaviy juftlar birgalikda hal etishlari lozim. Agar ayollar va erkaklarda ko'ngilli jarrohlik usuli bir xil qo'llanishi mumkin bo'lganda, unda vazektomiyani qo'llash ma'qulroq bo'lar edi. KJUni qo'llashga doir qonun-qoidalar turlichadir. Dastlab bu usuldan xotin-qizlar sog'ligini mustahkamlash maqsadida foydalanilgan bo'lsa, keyingi yillarda, asosan, ijtimoiy va kontrasepsiya maqsadida qo'llanadi. Ayollar ixtiyoriy jarrohlik kontrasepsiyasi (UK). Bachadon naylari okklyuziyasi. Bu usul butunlay tug'ish faoliyatini to'xtatib qo'yadi. Bachadon naylari okklyuziyasida minilaparatomiya yoki laparoskopiya operatsiyasi yo'li bilan bachadon naylari ikkala tomonidan ham bog'lanib yoki kesib bog'lab qo'yiladi. Bundan tashqari bachadon naylarining ampulyar qismi, ya'ni shokilalari maxsus asbob yordamida elektrc koagulyatsiya qilinadi. Ta'sir mexanizmi: naylar kesilishi va bog'lanishi natijasida spermatazoidlarning va tuxum hujayraning yo'li to'siladi. Ular bir-biri bilan uchrasha olmaydi va urug'lanish jarayoni sodir bo'lmaydi. Usulni bajarish uchun qulay fursatlar: ayol homilador emasligiga to'liq ishonchi bo'lsa, hayz siklining istalgan kunida, imkoni boricha hayz davrining 6-13 kunlarida (proleferatsiya fazasida) bajarilishi maqsadga muvofiqdir. tug'ruqdan keying! dastlabki 2 kun ichida yoki 6 hafta o'tgandan so'ng; • abortdan keyin darhol yoki 7 kun mobaynida, agar chanoq infeksiyasi alomatlari bo'lmasa. Qo 'llanilishi: doimiy kontrasepsiya vositasidan foydalanishni istagan tug'ish yoshidagi, ko'pincha 35 yoshdan oshgan ayollarda; homila salomatligi uchun katta xavf tug'diradigan ayollarda; tug'ruq va abortdan keyin; yetarli farzandlari bo'lib, rozilik bildirgan ayollarda; Afzalligi: yuqori samara berishi, bir yil davomida usulni qo'llagan har 100 ayolning 0,2-4 nafarida homila bo'lishi xavfi bor, bu holat bachadon naylari kesilmasdan faqatgina bog'lab qo'yilganda uchrashi mumkin; darhol ta'sir qiladi va doimiy usul hisoblanadi; jinsiy aloqaga bog'liq emas; Copper-T 200. 4 yilgacha homiladorlikdan saqlanmoqchi bo'lgan ayollar qo'llashi mumkin. Bu xil spirallar Xitoy, Meksikada qo'llanadi. Steril o'ralgan holda chiqariladi. Uni kiritish maxsus tayyorlovdan o'tgan xodimlar uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. U steril o'ralgan holda, o'tkazgichi (shprisi) bilan sotiladi. Multihud-375 va 250. Steril o'ralgan, o'tkazgichiga joylangan holda sotiladi. Bu xildagi BIV retraksiya yo'li bilan amalga oshiriladi. Spiral tarkibida mis bo'ladi. Juda yuqori samarali, tajribada sinalishicha bir yil davomida qo'llagan har 100 ayoldan 0,6 nafarida homiladorlik xavfi bo'lishi mumkin. Multiloud 375 ham, multiloud 250 ham uch xil o'lchamda chiqariladi. Progestasert-T. Bu ham dorivor vositalar singdirilgan BIVga kiradi va tarkibida progesteron bo'ladi. Steril o'ralgan holda chiqariladi. Levanorgestrel tarkibli BIV: T shakliga o'xshash va Nova-T spirallari. Spiralning pastki qismidan doimiy ravishda sutkasiga 20 mkg miqdorda levanorgestrel ajralib turadi. Bu turdagi spirallar kamroq qo'llanadi. BIVni qo'llash samaradorligi.BIVni qo'llashdagi samaradorlikning eng muhim shartlaridan biri, uning shakli, o'lchamlari, tarkibida mis yoki progesteron bo'lishidan qat'iy nazar ayollarning yoshi, anamnezida qancha homiladorlik yoki tug'ruq bo'lganligidir. Dorivor vositalar singdirilgan (kumush, mis, progesteron) spirallar, agar bachadonga ko'rsatma asosida barcha qoidalarga ko'ra to'g'ri qo'yilsa, homiladorlik xavfi 1,5 foiz dan 0,1 foiz gacha bo'lishi mumkin. Dorivor moddalar singdirilmagan spirallar to'g'ri qo'yilganda bu ko'rsatgich 2-3 foizni tashkil etadi. Zamonaviy bachadon ichi kontraseptivlardan (spirallarning yangi avlodlaridan) foydalanilganda uning samaradorligi yanada yuqori bo'ladi. BIVni qo'llashda ayol yoshi muhim ahamiyatga ega. Katta yoshdagi ayollarda uning samaradorligi juda ham pasayadi: darhol ta'sir ko'rsatadi; uzoq muddat qo'llash mumkin. Copper-T 380 A spiralini 10 yilgacha samarali qo'llash mumkin; jinsiy aloqaga bog'liq emas; emizib boqishga ta'siri yo'q; olib tashlagandan keyin ayolning tug'ish qobiliyati darhol tiklanadi; zararli ta'siri kam; spiral qo'yilgandan keyin ayol tibbiyot xodimlariga faqat bit marta tashrif buyuradi (agar muammolar bo'lmasa); qo'shimcha sarf-xarajat talab qilmaydi; qimmat bo'lmagan usul. Kamchiliklari: BIVni qo'llashdan avval jinsiy a'zolar infeksiyasi (JAI) bor-yo'qligi tekshiriladi; BIVni qo'yish va olib tashlash uchun maxsus tayyorlangan xodim bo'lishi talab qilinadi; og'riq bilan kechadigan hayzdan keyin spiral ipchalarini tekshirish lozim; ayol bu usulni o'zicha to'xtatib qo'yolmaydi; spirallarni kiritish paytida kam bo'lsa ham perforatsiya (bachadonni teshib o'tish) hollari uchraydi; jinsiy a'zolar yallig'lanishi xavfini oshiradi. BIVni tanlash. BIVni qo'llashda samaradorlikka erishishning eng asosiy omillaridan biri, uni yaxshi tanlay biladigan, mohir tajribali tibbiy xodimning bo'lishidir. BIVni tajribali, malakali tibbiyot xodimi qo'yishi maqsadga muvofiqdir. Ko'pgina mamlakatlarda bu vazifalarni shifokorlardan tashqari tibbiy hamshiralar, akusherkalar, shifokor assistentlari bajarishadi. Buning uchun ayollar har tomonlama tekshiruvdan o'tkaziladi va qaysi turdagi BIV qo'yilishi aniqlanadi. So'ng kerakli bo'lgan BIV tanlab olinadi. Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling