Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш
To'siqli usullarni qo’llash borasida ayollarga maslahatlar berish
Download 330.73 Kb.
|
dom.rod
7. To'siqli usullarni qo’llash borasida ayollarga maslahatlar berish.
To'siqli kontraseptiv vositalarga quyidagilar kiradi: prezervativlar; qin difragmalari; bachadon bo'yni qalpoqchalari; spermisidlar. Prezervativlar. Prezervativlar vaqtinchalik homiladorlikdan saqlanish uchun qo'llaniladigan eng ishonchli va samarali kontraseptiv vositadir. Eng muhimi, inson immun tanqisligi virusi (VICh) hamda jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasallik (JYOYuK)lardan saqlash xususiyatidir. Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (SPID)ning butun dunyoda keng tarqalayotganli sababli, hozirgi davrda jahondagi ko'plab mamlakatlarda kontrasepsiyaning bu usulidan keng foydalanilmoqda. Prezervativlar rezina vinil yoki tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan yupqa qopcha bo'lib, erkaklar jinsiy olatiga ereksiya paytida kiydiriladi. Prezervativlar shakli, rangi, qalinligi, material tarkibi va qanday spermisid qo'shilganligiga qarab farq qiladi. Spermisidlardan asosan nonoksinol-9 qo'shiladi. Turlari: rezinali (lateksli); plastikali; tabiiy (hayvon xom ashyosidan); Ta'sir mexanizmi: spermatozoidlarning ayol reproduktiv a'zosiga o'tishiga to'sqinlik qiladi; tarkibidagi spermisidlar, spermatozoidlarni o'ldiradi; bir sherikdan ikkinchisiga boshqa mikroorganizmlarning o'tishiga to'sqinlik qiladi. Afzalligi: darhol ta'sir qiladi; emizishga ta'sir ko'rsatmaydi; jinsiy aloqadan 6 soat oldin ham qo'yilsa bo'ladi; umumiy salbiy oqibatlari bo'lmaydi; jinsiy a'zolar infeksiyasi, jinsiy aloqa yo'li bilan yuqadigan kasalliklardan, ayniqsa spermisid bilan birga qo'llanganda, birmuncha himoyalaydi; mabodo hayz qoni kelib qolsa, ularni ushlab qoladi. Kamchiligi: samaradorligi o'ta yuqori emas, bu usulni spermisid bilan birga o'rtacha bir yil qo'llagan har 100 ayoldan 6-18 nafarida homiladorlik xavfi bo'lishi mumkin; kontraseptiv usulning samarasi qo'llash qoidalariga to'liq amal qilinishiga bog'liq; har bir jinsiy aloqa paytida qo'llanadi; malakali tibbiyot xodimlarining (doyaning) ko'rigi talab etiladi. Sababi, diafragmaning o'lchamini aniqlash maqsadida bachadon bo'ynining o'lchamini aniqlash kerak bo'ladi; jinsiy aloqadan 6 soat o'tgandan so'ng olinadi; spermisid bilan birgalikda qo'llashga to'g'ri keladi; bachadon siydik yo'llari infeksiyasining kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling