Соғлом турмуш тарзи ҳақида аёллар ўртасида суҳбат ўтказиш
Sof progestinli kontraseptivlar
Download 330.73 Kb.
|
dom.rod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof progestinli tabletkalar.
- Ineksiya qilinadigan sof progestinli kontraseptivlar (SPIK).
Sof progestinli kontraseptivlar.
Sof progestinli kontraseptivlarga tarkibida faqatgina progestin bo'lgan vositalar kiradi. Ular aralash tarkibli (KOK-kombinatsiyali oral kontraseptivlar) kontraseptivlardan farqli o'laroq (ularning salbiy ta'siri kam bo'ladi), estrogen gormonli kontraseptivlarga moneligi bo'lgan ayollarga tavsiya etiladi. Sof progestinli kontraseptivlarning ichiladigan tabletkalar, teri osti yoki mushak (muskul) orasiga yuboriladigan in'eksiya va teri ostiga kiritilib tikib qo'yiladigan implant turlari mavjud. Ularning ta'sir mexanizmi bir-biriga juda yaqin. Ma'lumotlar har bir turning izohida beriladi. Sof progestinli tabletkalar. Tarkibida faqat progestin bo'lgan, homiladorlikdan saqlovchi tabletkalar, «MINI-PILI» nomi bilan ahamiyat kasb etgan. Ulardan foydalanish keyingi 20 yil ichida keng tarqalgan. Bu tabletkalarning aralash tarkibli kontraseptivlardan farqi shundaki, ular tarkibida estrogenlar yo'q, progestinlar ham juda kam miqdorda (mikrodozada) bo'ladi. In'eksiya qilinadigan sof progestinli kontraseptivlar (SPIK). In'eksiya qilinadigan sof progestinli kontraseptivlar tarkibiga uzoq ta'sir etuvchi progestinlar kiradi. Bu xildagi kontraseptivlardan Meksika, Indoneziya kabi mamlakatlarda keng foydalaniladi. Hozirgi paytda esa dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarda foydalaniladi. Ko'pincha, «Depoprovera» ba'zan DMPA va noretindron-enantat NET deb ataluvchi, AQSHda ishlab chiqariladigan tarkibida DEPO medroksiprogesteron asetat bo'lgan in'eksiya qilinuvchi kontraseptivlar qo'llanadi. In'eksion kontraseptivlarning ta'sir mexanizmi progestin komponentli aralash tarkibli kontraseptiv vositalarning ta'siriga juda o'xshash. Bu usulning kontraseptiv ko'rsatkichi bir yil davomida foydalanayotgan bar 100 ayolning bir nafariga yoki undan ham kamroqqa teng. In'eksiyani boshlash vaqti. Ayol homilador emasligiga to'la ishonsa, istagan vaqtda in'eksiya qilishni boshlashi mumkin. Hayz siklining 1 - 7 kunlari u yaxshi natija beradi. Tug'ruqdan 2 oy o'tgandan keyin esa laktasion amenoreya usulini qo'llagan ayollarda 6 oydan so'ng, abortdan keyin darhol yoki dastlabki 7 kun ichida. Afzalligi: yuqori samara beradi, bir yil davomida usulni qo'llab kelayotgan har 100 ayoldan 0,3 - 1 nafarida homiladorlik bo'lishi xavfi mavjud; o'rtacha ta'sir muddati 2-3 oy; o'rta bo'g'indagi tibbiyot xodimlari tomonidan bemalol xizmat ko'rsatilishi mumkin; kamqonlikning yaxshilanishini ta'minlaydi. Kamchiligi: hayz davrida qon ketishini o'zgartiradi; 60-70 foiz ayollarda tartibsiz surkaluvchi qonli ajralmalar ke- Hb turishi mumkin; 50-80 foiz ayollarda amenoreya uchrashi ham mumkin, bu holat Depoproverani qo'llagan ayollarda ko'proq, Noresterat qo'llaganlarda kamroq; qo'llayotgan ayol vaznining oshishi kuzatiladi; tug'ish faoliyatining tiklanishi uzoq muddat (6 oy) davom etishi; • har 100 ayolning birida kuchli qon ketishi ham bo'lishi mumkin. Download 330.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling